Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Andrey Shipilov: "Har qanday raqibni hurmat qilish lozim"

Andrey Shipilov: "Har qanday raqibni hurmat qilish lozim"

Baho:
+ | -

"Buxoro" - "Metallurg" (1:4) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Shipilov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Barchaga xayrli oqshom! Avvalo shuni aytishim kerakki, raqibimiz musobaqa jadvalining qaysi pog‘onasida borayotganligidan qat’iy nazar doimo o‘z jamoamdan va murabbiylar shtabidan har bir o‘yinga maksimal tarzda yondoshishlarini talab etaman. Bugun butun shtab va jamoam ilk daqiqadan oxirigacha bor kuchi bilan harakat qildi. Futbolchilar ishga mas’uliyat bilan yondoshishsa, oxirigacha kurashishsagina natijaga erishish mumkin. Bugun futbolchilarimiz maydonda borini berib harakat qilishdi, shunga yarasha natijani qo‘lga kiritdik. Endi keyingi o‘yinga tayyorgarlikni boshlashimiz kerak, shu taxlit butun mavsum ishlashimiz lozim. O‘shanda maqsadimizga erishamiz, vazifamizni bajaramiz va klub rivojlanishda davom etadi", - deydi Shipilov.

- Shahzod Ubaydullayev haqida fikrlaringizni bilmoqchi edik?

- U bilan ko‘p suhbatlashamiz. U asta-sekin jamoaga qo‘shilib bormoqda. Ubaydullayev hali bor imkoniyatini namoyish etgani yo‘q. Meni xursand etayotgan jihati, Shahzod jamoaga ishlayapti. Faqat o‘zini o‘ylayotgani yo‘q. Bu yaxshi xislat. Shahzodning potensial imkoniyati juda yuqori, u o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yadigan, shunga erishishga harakat qiladigan tirishqoq futbolchilardan.

- Bugun ehtiroslarga berilib o‘yinni boshqardingiz, hatto hakam yoningizga kelib Sizni tartibga chaqirgandek tuyuldi...

- Muxlislarsiz o‘yinda futbolchilarning, murabbiylarning gap so‘zlari yaqqol eshitilib turadi. Mening ham qandaydir e’tirozlarim hakamning qulog‘iga chalingandir, u menga murojaat qildi. Murabbiy o‘yinchilarni doimo olg‘a chorlashi, ruhlantirib turishi kerak. Men ham uchrashuvda qanday natija qayd etilayotganidan qat’iy nazar shogirdlarimdan bo‘shashmasliklarini so‘rayman. Chunki bu futbol. Uchta to‘p farqi bilan oldinda borayotgan bo‘lsangda qandaydir arzimas xatolar evaziga o‘n-o‘n besh daqiqa ichida gollar o‘tkazib yuborishing, vaziyat teskarisiga aylanib ketishi hech gap emas. Shuning uchun ham murabbiylarning holatini to‘g‘ri tushunishlaringizni so‘rayman.

- "Mash’al" stadioni ma’muriyati tomonidan yaratib berilgan sharoitlar haqida fikringiz?

- Qashqadaryo futol infratuzilmasiga tan beraman. Bu viloyatning qaysi klubi bilan o‘ynamang, albatta sharoitlardan ko‘nglingiz to‘lib qaytadi. Bu yerdagi futbol taraqqiyotiga rahmatli Nuriddin Zayniyev paytida ta’mal toshi qo‘yilgandi. O‘sha tizim izdan chiqmasdan, sobitlik bilan rivojlanib borayapti. Sahro o‘rtasida atirgullar ochilmoqda, degan iborani eshitgandirsiz. Bu ibora Qashqadaryo futboliga ham tegishli. Barchasi ajoyib...

- O‘tgan mavsumda "Metallurg" Qarshida "Nasaf"ni ranjitgan edi. Oldinda "Nasaf" bilan o‘yin kutib turibdi.

- Hozir bugungi g‘alabadan keyingi hissiyotlarimizni yengib olishimiz kerak. Kiyinish xonasida futbolchilarimga ham buni ta’kidlab kelayapman. "Nasaf" ajoyib klub va o‘z oldiga yuqori maqsadlar qo‘yadigan jamoa. Ajoyib stadionga ega. "Nasaf" bugungi kunda iste’dodlarni yetishtirish va tarbiyalash bo‘yicha o‘zbek futbolida yetakchi sanaladi. Bunday jamoaga qarshi jiddiy tayyorlanmasa bo‘lmaydi. Biz barcha raqiblarimizni hurmat qilamiz.

Manba: Металлург матбуот хизмати
Kiritildi: 11:21, 03.07.2020.
O'qildi: 2904 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.