Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Zidan: “Bilasizmi Messi kimga o‘xshaydi?”

Zidan: “Bilasizmi Messi kimga o‘xshaydi?”

Baho:
+ | -

Yaqindagina “Esquire” nashri Zayniddin Zidanning eng sara iqtiboslarini e’lon qildi. Futbolchilikda ham, murabbiylikda ham birdek iqtidorli bo‘lgan fransuz tomonidan yangragan “oltinga teng” so‘zlarni sizlarga ilindik.

To‘g‘risi, meni kamgaplikda ayblashlarini juda yomon ko‘raman. Sababi, aslida ko‘pgapirgan insonlarni hushlamayman. Shu sababli o‘zim ham nutq so‘zlashdan qochaman.

Menda hech qachon ichki xavotr bo‘lmagan. Bu doimo vijdon amriga quloq solganim mahsuli deb hisoblayman.

 

Inson musht zarbini unutishi mumkin, biroq so‘z orqali yetgan ozorni hech qachon unita olmaydi. Men bu haqiqatni yoshligimdayoq anglab yetganman.

 

Ochig‘i men omadli insonman. Nega deysizmi? Gap shundaki, bizning oila Fransiyaning eng qashshoq rayonida istiqomat qilar edi. Bu shaharchada ulg‘ayganim uchun futbol bilan birgalikda hayot saboqlarini ham oldim.

 

Men butun dunyoga o‘zimni emas, ota-onamni tanitdim. Farzand uchun bundan ortig‘ yana qanday baxt mavjud?

 

Mening dadam jazoirlik va tomirida oqayotgan qon bilan faxrlanadi. Men otam bilan faxrlanaman. Sababi, aynan shu inson: “muxojirlar qolganlardan ikki barobar ko‘proq mehnat qilishi lozim” deb uqtirgan edi. Futbolchilik faoliyatim davomida otamning ogitlarini yodimdan chiqarmadim.

 

Aslida men hech qachon Jazoirni tark etmaganman. Sababi, Jazoir mening qalbimda abadiy qoladi!

 

Yodimda bor, avvalari o‘z millatimdan uyalgan edim. Bugun o‘sha davrdan uyalaman.

 

Men Aslida barbar qabilasiga oid kabilman, keyin Marselda tug‘ilgan jazoirlikman va keyin fransuzman.

 

Qancha ko‘p umr kechirsang, o‘z xatolarining shuncha ko‘p anglab borasan. Shunday bo‘lsada, ortga o‘girilishdan hech qanday naf yo‘q. Boz ustiga, umrning yarmi o‘tib bo‘lgan bo‘lsa.

 

Tirik ekaman, hech qachon “bu menga og‘irlik qiladi” iborasini tilga olmayman.

 

Men o‘zimni yaxshi tutishim kerak. Bu yosh futbolchilar uchun o‘rnak bo‘ladi.

 

Erkak kishi doimo or-nomusli bo‘lishi talab etiladi. Ayrim iflos so‘zlarni eshitgandan ko‘ra, kaltak yegan ma’qul.

 

Men butun mamlakat senga ishonch bildirayotganini avval his qilmagan ekanman.

 

Insonlarga yordam berish uchun qandaydir sabab bo‘lishi lozim emas.

 

Sening necha bor g‘olib bo‘lishing ahamiyat kasb etmaydi. Sababi, har bir g‘alabaning o‘zgacha ta’mi mavjud. Agar 10 ta uchrashuvda g‘alaba qozonsang ham 11-o‘yinda yana g‘olib chiqqing kelaveradi.

 

Shaxsiy sovrinlar futbolda katta rol ijro etmaydi. Sababi o‘yindan so‘ng futbolchi emas, jamoa g‘alaba qozonadi.

 

O‘zimni eng zo‘r futbolchi deb hisoblamayman, biroq doimo eng kuchli futbolchilar bilan birga to‘p surganman.

 

“Real Madrid” hayotning menga qilgan eng zo‘r sovg‘asi deb hisoblayman. Qachonlardir oq futbolkani kiyish orzusidagi bolakay edim. Keyin ushbu klub futbolchisiga aylandim. Oradan yillar o‘tib hayot meni dunyodagi eng baxtli insonga aylantirdi. Endi “Real” murabbiyiga aylandim. Men juda baxtli insonman.

 

Men “Real”ning sport direktori lavomiziga oilamni boqish niyatida o‘tirganim yo‘q. Aslida, men endi pul topmay turib ham yashashim mukin. Shunchaki, o‘zimni yangi sohada sinab ko‘rishni istadim.

 

Sening butsalaring nimadan tayyorlangani muhim emas. Agar shu haqida bosh qotirsang, hech qachon g‘alaba qozonmaysan.

 

Moda bilan futbolni solishtirish juda katta xato!

 

Men g‘alabalardan boshqa hech narsani kolleksiya qilmayman.

 

Messi bu futbol olamidagi Mosart. Istasangiz, so‘zlarimni yana bir qaytarishim mumkin!

 

Meni Mishel Platini bilan solishtirishgani bilan faxrlanaman.

 

Men uyalchang edim va uyalchang bo‘lib qolaman.

Manba: Esquire
Kiritildi: 14:06, 03.07.2020.
O'qildi: 12965 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.