Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Muhammad Saloh: «Liverpul»ning hozirgi darajasini ushlab turish qiyin»

Muhammad Saloh: «Liverpul»ning hozirgi darajasini ushlab turish qiyin»

Baho:
+ | -

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Mersisayd klubi safida uzoq vaqt qolishga umid qilayotgani haqida gapirdi.

«Men «Liverpul»ning 30 yillik tanaffusdan so‘ng qo‘lga kiritilgan chempionligidan keyingi hissiyotlarimni izohlab bera olmayman. Judayam xursandman.

Bu joyni yaxshi ko‘raman va «Liverpul»da uzoq vaqt qolishga umid qilaman. Menga bu yerdagi muhit judayam yoqadi, u boshqa yerdagilardan farq qiladi.

Jamoa sifatida yaxshi shakllanganmiz. Bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Agar shu yo‘sinda davom etsak, bundan ham ko‘proq narsaga erishishimiz mumkin. Hozirgi darajamizni ushlab turish qiyin, biroq buni amalga oshirsa bo‘ladi», — deydi Saloh.

28 yoshli misrlik futbolchi Premyer Liganing ushbu mavsumida 28 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urdi va 7 ta golga hammualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:07, 03.07.2020.
O'qildi: 3630 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик