Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Ro‘ziqul Berdiyev: «Mag‘lubiyatga loyiq emasdik»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Mag‘lubiyatga loyiq emasdik»

Baho:
+ | -

AGMKga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng (1:2) "Nasaf" ustozi Ro‘ziqul Berdiyev bellashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

— Raqibimiz tajribali jamoa edi. Qolaversa, ularning maydonida harakat qildik. O‘yinga keladigan bo‘lsak, jamoamiz bugun munosib o‘yin namoyish etdi. Mag‘lubiyatga loyiq emasdik, chunki keraklicha vaziyatlar yarata oldik. Lekin bugun ham, avvalgi o‘yinlarda ham omad bizdan ochiqchasiga yuz o‘girmoqda. AGMKni bugungi g‘alaba bilan tabriklaymiz.

— «Nasaf» restatrdan so‘ng yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda, biroq gollar kiritishda oqsamoqda…
— Futbolda faqatgina yaxshi o‘yinning o‘zi uchun ochko berilmaydi yoki jamoa jadvalda yuqoriga olib chiqib qo‘yilmaydi. Buning uchun ochko to‘plash kerak. Ochko uchun esa vaziyatlarni golga aylantirish kerak. Balki bu ruhiy tomonlama muammoga bog‘liqdir. O‘yinlarda tashabbusga ega bo‘lmoqdamiz. Munosib o‘yin ko‘rsatyapmiz. Lekin, nima uchundir bizdan omad yuz o‘girmoqda.

Bugun ko‘proq qarshi hujumlardan samarali foydalanib, himoyada mustahkam harakat qilishimiz lozim edi. Lekin penalti rejamizni buzib yubordi. Keyingi vaziyatda raqib gol urganda biz qarshi hujumda xato qildik, pozision himoyalanishda ham Erkin Baydullayevni yolg‘iz qoldirdik. O‘shandan so‘ng biz yanada ko‘proq vaziyat yaratdik. Barchangiz ko‘rdingiz, yosh futbolchimiz hattoki bo‘sh darvozaga ham gol kirita olmadi. Bu uning aybi emas. Hali hammasi oldinda. Jamoada ruhiy tayyorgarlikni yaxshilashga harakat qilamiz.

— Jamoadagi ikkita legioner haqida: Stanoyevich bizning chempionat uchun juda ham saviyali futbolchi ekan, u buni isbotlamoqda. Dilyaver esa hozir ishonchni oqlamayapti…
— Hali hujumchimiz o‘yinga kirishib keta olmayapti. Shuning uchun ham u zaxiradan maydonga tushmoqda. Bugun unga imkoniyat bergandik. O‘ylaymanki, hujumchi bundan ham yaxshiroq harakat qilishi kerak.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 22:25, 03.07.2020.
O'qildi: 2681 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.