Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

“Bunyodkor-W” — “Lokomotiv-W” uchrashuvi qoldirildi

“Bunyodkor-W” — “Lokomotiv-W” uchrashuvi qoldirildi

Baho:
+ | -

Ayollar Oliy ligasining 2-turidan o‘rin olgan hamda 9 iyul sanasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Bunyodkor-W” hamda “Lokomotiv-W” klublari o‘rtasidagi uchrashuv “Lokomotiv-W” klubi bilan bog‘liq vaziyat sabab noma’lum muddatga qoldirildi.

“Lokomotiv-W” jamoasi istiqomat qilayotgan “Lokomotiv” mehmonxonasida koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan fuqaro (klubga aloqador emas) aniqlangan bo‘lib, mehmonxonada istiqomat qiluvchilarning barchasi belgilangan tartibda koronavirus uchun test topshirgan. Mazkur test javoblari aniq bo‘lmagunicha “Lokomotiv-W” ishtirokidagi futbol uchrashuvi ehtiyot shart o‘tkazilmaydi. 

Ayni vaqtda xavotirga o‘rin yo‘q. O‘zPFL futbolchilar salomatligini hisobga olib, shuningdek, karantin qoidalariga amal qilib, uchrashuvni boshqa sanada o‘tkazishga qaror qildi. Ayollar chempionatida qoldirilgan uchrashuvlarni o‘tkazib olish uchun bo‘sh o‘rinlar mavjud. “Lokomotiv-W” klubining “Bunyodkor-W” klubiga qarshi uchrashuvi qachon o‘tkazilishi O‘zPFL tomonidan keyinroq ma’lum qilinadi. 

O‘zPFL mavjud vaziyatdan kelib chiqib, futbol jamoalari va uning a’zolaridan hozirgi epidemiologik holatda o‘ta ehtiyotkor bo‘lishni va barcha ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘raydi. Qo‘shimcha qilamizki, mamlakatimizda futbol uchrashuvlari qayta tiklanganidan buyon O‘zPFL Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan muntazam aloqada bo‘lib turibdi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 20:30, 08.07.2020.
O'qildi: 5403 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик