Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Ibrahimovich «Milan»da qoladimi? Zlatanning o‘zi javob berdi

Ibrahimovich «Milan»da qoladimi? Zlatanning o‘zi javob berdi

Baho:
+ | -

«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich o‘zining kelajagi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Ibra qandaydir sovrin yutish uchun o‘ynaydi, aks holda uyda qoladi. Menga AQSHda o‘ynash oson ekanini aytishgan edi, shuning uchun men «Milan»ga qaytdim. Men bu yerga futboldan zavq olish uchun kelganman. Chunki asosan tekinga o‘ynayapman. Koronavirus chempionatni to‘xtatib qo‘yganida o‘ylagandimki, kimdir menga ketishim kerakligini shipshitib qo‘yadi. Baxtimizga, maydonga qaytdik.

Ibra futbol o‘ynash uchun tug‘ilgan va hamon futbolda eng yaxshi bo‘lishda davom etmoqda. Ko‘ramiz, ikki oylik tanaffusdan keyin o‘zimni qanday his qilarkanman. Shuningdek, ko‘ramiz, klubda qanday o‘zgarish ro‘y berarkan. Shunday davom etsa, «Milan»da qolmasam kerak. Zlatan — Yevropa ligasi o‘yinchisi emas. «Milan» — Yevropa ligasi klubi emas», — dedi Zlatan "Sportweek" jurnaliga bergan intervyusida.

38 yoshli futbolchining shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetdi. Zlatan «Milan»ga o‘tganidan keyin Italiya chempionati doirasida 11ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol urdi va 3ta golga uzatma berdi. "Rossoneri" jadvalda 7-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa Yevropa ligasi yo‘llanmasiga beriladigan o‘rindan 2 ochko ortda qolmoqda.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 12:31, 10.07.2020.
O'qildi: 6776 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик