Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche 2-1 Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal 2-1 Elche
08/03 19:00 Bolonya 1-2 Verona
08/03 19:00 Fiorentina 0-0 Parma
08/03 20:15 Xetafe 2-0 Betis
08/03 22:00 Jenoa 2-1 Roma
08/03 22:30 Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor

Xayrulla Hamidovdan anons: Ikki peshqadam jangi

Xayrulla Hamidovdan anons: Ikki peshqadam jangi

Baho:
+ | -

“Atalanta” qatorasiga sakkizta o‘yinda g‘alaba qozondi. Gollari soni peshqadamdan ancha ko‘p. YECHLdagi qur’a ham uning foydasiga hal bo‘lgandek. Oxirgi turda uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Shu pog‘ona bilan ham cheklanmoqchimas.

“Yuventus” – peshqadam. Lekin muxlislarini hozirgi natijalaridan rozi qilolmaydi. Mutlaqo. Bir mavsum davomida Turin klubi superkubokni boy berdi, kubok finalida yutqazdi, YECHLda ochilib turgan taqdiri, “Lasio”ni ligada yenga olmadi, oxirga kelib “Milan”ga dahshatli kambek ulashdi. Indzagi va Konte yigitlarining parishonligi hisobiga hamon yetti ochkolik farq bilan oldinda bormoqda.

Birinchi davrada ham “Yuve”ga qarshi “Atalanta” ajoyib harakat qilgan, penaltidan gol ura olmagani va uchrashuv oxiridagi xotirjamligi evaziga Sarri jamoasidan uchta gol qo‘yib yuborgan edi. Aytmoqchimanki, o‘sha bahs o‘chi ham turibdi.

Bugun Italiya A seriyasining turnir jadvalidagi peshqadami va hujumlar, gollar, vaziyatlar bo‘yicha peshqadami o‘rtasida boltachopqi o‘yin bo‘lib o‘tadi. Bu paytda Italiya futboli muxlislari boshqa ishni chetga surib turishlari zarur.

Zotan, borgan sari chempionlik intrigasi tugab borayotgan chempionatga “Atalanta” o‘zining serviqor o‘yini bilan yana shiddat ulashmoqda.

“Yuventus” uch kun oldingi alamli o‘yinning xatosini to‘g‘rilash uchun ham ko‘zi qonga to‘lib tushsa kerak.

00:45da “Futbol tv” kanalida! Xizmatingizda – kamina...

Xayrulla Hamidov.

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 14:32, 11.07.2020.
O'qildi: 6178 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.