Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Gasperini «Yuve»ning penaltilari haqida: «Qo‘llarimizni kesib tashlashimiz kerakmidi?»

Gasperini «Yuve»ning penaltilari haqida: «Qo‘llarimizni kesib tashlashimiz kerakmidi?»

Baho:
+ | -

«Atalanta» bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini Italiya chempionatining 32-turi doirasida «Yuventus»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (2:2) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Uchrashuv davomida to‘p bergamoliklar futbolchilari qo‘liga tekkani uchun hakam 2 marta penalti belgiladi va ulardan Krishtianu Ronaldu samarali foydalandi.

«Qoidalar shunday, yaxshi. Ular Italiyada har qanday qoidalardan ustun.

Biz nima qilishimiz kerak edi? Qo‘llarimizni kesib tashlashimiz kerak edimi? Bunday pallada qo‘llarini tanaga yopishtirib olish mumkin. Lekin bu shunday holatda belgilangan ilk penalti emas. Buni mavsum davomida ko‘p jamoalar ishtirokidagi o‘yinlarda ko‘rdik.

Bu ahmoqlik. Bu yerda qoidalarni amalda qo‘llash boshqa joydagidan boshqacharoq. Boshqa mamlakatlarda bunday holatlarda penalti belgilanmaydi.

Biz A seriya peshqadamiga nisbatan ajoyib match o‘tkazdik. Men yigitlarga bu o‘yinga nisbatan xuddi Chempionlar ligasidek yondashishni so‘ragandim. Chunki, avgust oyida bizni shunday saviyadagi jamoalar kutib turibdi.

«Atalanta» ushbu bahsda o‘zi istagan deyarli barcha narsaga erishdi. O‘yinimizdan qoniqish hosil qildim, ammo g‘alaba qozona olmaganimizdan hafsalam pir bo‘ldi. Biz so‘nggi daqiqagacha hisobda oldinda bordik va g‘alaba qozonish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qildik.

Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish bizning asosiy maqsadimiz edi. Shunday ekan, maqsadimiz o‘zgarmaydi», – dedi Gasperini.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 10:58, 12.07.2020.
O'qildi: 3889 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.