Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Superliga. “Metallurg” o‘z uyida “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etdi

Superliga. “Metallurg” o‘z uyida “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Shzbekiston chempionatining 9-tur uchrashuvini o‘z maydonida o‘tkazgan “Metallurg” g‘alaba nashidasini surdi. Bekobodliklar Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi darvozasiga ikkita javobsiz gol kiritdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Birinchi taym maydon egalarining katta ustunligi ostida o‘tdi. Jizzaxliklar maydon egalarining kuchli bosimiga yigirmanchi daqiqagacha dosh berishdi. 24-daqiqaga kelganda “Metallurg”ning ukrainalik legioneri Yevgeniy Chumak olisdan zarba berib, hisobni ochdi. Bu vaziyatda mehmonlar darvozabonni zarba berilishini kutmagan edi. To‘p esa darvoza ustuniga tekkan holda to‘rdan joy oldi – 1:0.

Ikkinchi bo‘limda ham maydonda ko‘rinish o‘zgarmadi. “Metallurg” o‘yin tizginini o‘z qo‘lida ushlab turdi. Ayniqsa, qanotlarning faolligi, markazda to‘p nazoratini bermaslik “Metallurg”ga ustunlikni taqdim etdi.

Uchrashuvning 62-daqiqasida Zohid Abdullayev o‘ng qanotda to‘pni raqibdan olib qo‘ydi va jarima maydoniga uzatib berdi. Shahzod Ubaydullayev himoyachini chalg‘itib to‘pni o‘tkazib yubordi. Doniyor Narzullayev esa qiyinchiliksiz darvozani ishg‘ol etdi – 2:0. Bu hisob uchrashuv oxirigacha o‘zgarmay qoldi.


Superliga. 9-tur

METALLURG – SO‘G‘DIYONA – 2:0 (1:0)

Gollar: Yevgeniy Chumak (24), Doniyor Narzullayev (62, pas – Zohid Abdullayev)

“Metallurg”: 12. Aleksandr Lobanov, 5. Abbosjon Otaxonov, 7. Doniyor Narzullayev, 10. Shahzodbek Ubaydullayev, 15. Zohid Abdullayev, 21. Kamoliddin Tojiyev, 23. Abdurahmon Abdulhaqov, 27. Ixtiyor Toshpo‘latov, 28. Stanislav Andreev, 55. Akbar Ismatullayev, 88. Yevgen Chumak.

Zahira: 1. Akmal Tursunboyev, 4. Odilbek Abdumajidov, 8. Salamat Quttiboyev, 11. Murodbek Bobojonov, 14. Abrorbek Toshqo‘ziyev, 20. Xudoyshukur Sattorov, 22. Shahzodbek G‘ofurbekov, 43. Davron Anvarov, 77. Muhammad Isayev.

“So‘g‘diyona”: 1. Shirinboy Abdullayev, 2. Sardor Qulmatov, 3. Elyor Orifov, 5. Ayubxon No‘’monov, 7. Sanjar Rashidov (s), 11. Jasur Hasanov, 17. Ivan Nagayev, 18. Shavkat Mullajonov, 19. Javohir Qahramonov, 22. Shahboz Jo‘rabekov.

Zahira: 27. Milan Mitrovich, 8. Jamshid Boltaboyev, 12. San’at Shixov, 14. Daniel Nasriddinov, 20. Bahodir Nasimov, 21. Sahob Rashidov, 30. Dian Talxatov, 80. Elivelto Ribeyro Dantas, 93. Marko Kolakovich.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:33, 12.07.2020.
O'qildi: 2044 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик