Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Mirjalol Qosimov: «Durang adolatli natija bo‘ldi»

Mirjalol Qosimov: «Durang adolatli natija bo‘ldi»

Baho:
+ | -

"Paxtakor"ga qarshi o‘yindan keyin AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Turnir jadvalining yuqori pog‘onalarini egallab turgan ikki jamoa to‘qnashdi. Qolaversa, "Paxtakor" 2-3 yildan buyon o‘zagini saqlagan holda yaxshi shakllananib ulgurgan jamoa. "Paxtakor"da kuchli ijrochilar bor. Menimcha, jamoam yomon o‘yin ko‘rsatmadi. Faqat uchrashuvning oxirgi 20 daqiqasida bo‘shashganimiz pand berdi. Qisqa vaqt ichida darvozamizdan ikkita to‘p olib chiqdik. Yutib ketishimiz ham mumkin edi. Futbol shunisi bilan qiziq. Qo‘shib berilgan daqiqalarda gol o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchrashimiz ham mumkin edi. Bugun Suhrob Sultonov yaxshi harakat qildi. Chiroyli o‘yin bo‘ldi. Ayrim jarohat olgan futbolchilarimiz bugun yordam bera olishmadi va ularni o‘rniga tushgan o‘yinchilar bir-birlarini o‘rnini munosib to‘ldirdi. Agarda so‘nggi 15 daqiqadagi bo‘shashib qolganimizni inobatga olmasa, durang adolatli natija bo‘ldi.

Zamoniy futbolni piyoda o‘ynab bo‘lmaydi. Bugungi kunda futbolda ko‘p yugurgan jamoa muvaffaqiyat qozonishi mumkin. Texnika, fikrlash va boshqa narsalar ikkinchi, uchinchi darajaga tushgan. Har o‘yinda rotasiya amalga oshiryapmiz. Chunki qo‘l ostimda 20 nafar futbolchi va 3 darvozabon mavjud. Elguja Grigalashvili, Sanjar Tursunov va Dilshod Jo‘rayev jarohat sabab yordam bera olishmadi. Saydullo Rahmatovga chap qanot himoyasida raqobat tug‘dirish maqsadida Murod Toshmatovni ham qanot himoyada o‘ynatyapman. Tarkibda barcha futbolchilar har o‘yinimizda o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

Hojimat Erkinov bizga "Paxtakor"dan ijara asosida o‘tgan. Bugun o‘z jamoasiga qarshi yuqori ishtiyoq bilan to‘p tepdi. Yosh bo‘lishiga qaramasdan iqtidorli va mahoratli futbolchi. Elgujani o‘rniga boshlang‘ich tarkibdan joy oldi. Joriy mavsum Erkinov o‘zidan yomon taassurot qoldirmayapti. Jizzaxda "So‘g‘diyona" bilan  hamda Olmaliqda "Bunyodkor"ga qarshi uchrashuvda ham zaxiradan maydonga tushib o‘yinni kuchaytirgandi. Mehnat qilishda davom etishi kerak. O‘sishdan to‘xtab qolishi kerak emas. Hojimat Erkinovning kelajagi porloq", — dedi Mirjalol Qosimov.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 00:41, 14.07.2020.
O'qildi: 3258 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.