Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Andrey Fyodorov: «Durangga loyiq edik»

Andrey Fyodorov: «Durangga loyiq edik»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasining 9-turidan o‘rin olgan «Lokomotiv» – «Mashal» (0:1) o‘yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o‘z fikrlarini bildirdi.

“Bugun birinchi bo‘limni juda yomon o‘tkazdik. Ikkinchi taymda esa harakat qildik. So‘nggi o‘yinlarda yigitlardan talab qilinayotgan narsalarni chiqarib olish qiyin bo‘lyapti. Bu nima bilan bog‘liq ekanligini o‘zim ham bilmayman. O‘yinlarni tahlil qilib, ko‘rib chiqamiz. Birinchi bo‘limda yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldik, biroq foydalana olmadik.

Mashg‘ulotda Marat Bikmayevning jarohati qaytalanib qoldi, shu sababli uning xizmatlaridan foydalana olmadik. Albatta biz ham uning maydonda bo‘lishini, uning mahoratidan foydalanishni juda ham istaymiz.

Iste’fo haqida o‘ylamayapman. Navbatdagi o‘yinlarga tayyorgarlikni kuchaytiramiz”, – dedi Fyodorov.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 06:15, 15.07.2020.
O'qildi: 2681 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик