Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Dakar-2022 bekor qilinishi yuzasidan MOQda tezkor yig‘ilish o‘tkazildi

Dakar-2022 bekor qilinishi yuzasidan MOQda tezkor yig‘ilish o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

2022 yil Senegal poytaxti Dakar shahrida bo‘lib o‘tadigan to‘rtinchi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarining bekor qilinishi va uning 2026 yilga ko‘chirilishi sport hamjamiyati orasida bugun ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan yangilik bo‘lib turibdi. Barcha mamlakatlar qatori O‘zbekiston ham mazkur musobaqaga jiddiy hozirlik ko‘rayotgan edi. Bugun ZOOM platformasida ushbu mavzu yuzasidan tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Bosh kotib Oybek Kasimov, MOQ prezidenti maslahatchilari va departament direktorlari qatnashdi.

Yig‘ilishda kadetlar va o‘smirlar jamoalarining tayyorgarligini aslo susaytirmaslik, ularga motivasiya berish, buning uchun tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish kun tartibining asosiy masalasi bo‘ldi. Zero, hali oldinda ushbu yosh toifasidagi sportchilar o‘rtasida o‘tadigan Osiyo va jahon chempionatlari, ayniqsa, 2021 yil Xitoyning Shantau shahrida o‘tadigan o‘smirlar Osiyo o‘yinlarining ham o‘tkazilishi so‘roq ostida turibdi.

Ma’lumki, Dakar-2022 uchun tayyorlanayotgan avlod kattalar terma jamoasi uchun munosib zaxira, sportimiz, kelajagimiz ertasi hisoblanadi. Shu bois ham bu avlodni yaxshi sport formasida ushlab turish, ularni kelajakdagi xalqaro musobaqalarga tayyorlash va kuchli atlet qilib tarbiyalash oldinda turgan asosiy vazifalardan biriga aylanadi. Bugungi yig‘ilishda bu borada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish, yosh avlod uchun turli musobaqalar tashkil qilish orqali ularni professional sportchi qilib tarbiyalash borasida fikr-mulohazalar o‘rtaga tashlandi.

Onlayn uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalish bo‘yicha Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda barcha yo‘nalishlarni qamrab oladigan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishi kelishib olindi.

 

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 21:58, 16.07.2020.
O'qildi: 2258 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.