Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Messi: "Real"ning chempion bo‘lishida bizning ham "hissa"miz bor"

Messi: "Real"ning chempion bo‘lishida bizning ham "hissa"miz bor"

Baho:
+ | -

«Real» 3 yildan beri ilk bor Madridga La Liga chempionligini qaytardi. Koronavirus tufayli to‘xtatilgan chempionat qayta tiklanganidan keyin Zidan har bitta o‘yin finalga teng bo‘lishini ta’kidlagandi. Bu finallarda "qirollik klubi" munosib o‘ynadi, 29-turda jamoa "Barselona"dan ikki ochko ortda edi, ammo 30-turda ochkolar tenglashdi va "Real" birinchi o‘ringa chiqdi. 32-turda esa "qaymoqranglilar" asosiy raqibni ikki ochkoga ortda qoldirdi va yakunda chempion bo‘ldi. Xo‘sh, ushbu zafar bizga qanday muhim raqamlarni taqdim etdi?

• Chempionat qayta tiklanganidan keyin 9 ta o‘yinda 9 ta g‘alaba. 30 imkoniyatdan 30 ochko, jami bo‘lib 4 ta o‘tkazib yuborilgan gol. Afsuski, «Vilyarreal»dan o‘tkazib yuborilgan gol rekordni yo‘qqa chiqardi, "Real" ketma-ket 5 ta uy o‘yinida gol o‘tkazib yubormaslik borasidagi rekordni takrorlashi mumkin edi. Bunday natija 1994 yil dekabridan 1995 yil apreligacha qayd etilgan, o‘shanda bosh murabbiy Xorxe Valdano edi.

• «Real» sovrinlar borasida "Barselona" bilan tenglashib oldi. Jamoa 34 marta La Liga, 19 marta Ispaniya Kubogi, 11 marta Ispaniya Superkubogi va bir marta Liga kubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, «Real»da 26 ta xalqaro sovrin bor: 13 marta YECHL, 2 marta UYEFA kubogi, 4 marta UYEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi JCH, 3 marta Qit’alararo kubokda zafar quchgan.

«Barselona»da esa sovrinlar borasida vaziyat quyidagicha: La Liga (26 marta), Ispaniya Kubogi (30), Ispaniya Superkubogi (13), Liga Kubogi (2), YECHL (5), UYEFA Superkubogi (5), klublar o‘rtasidagi JCH (3), yarmarka Kubogi (3), Kubok egalari kubogi (4).

Umumiy natija: 91 ga qarshi 91. 

• Bu mavsum Karim Benzemaga ataldi, u ayni damga qadar La Ligada 21 ta gol urdi. U birinchi bor ketma-ket ikki mavsumda 20+ gol urishga erishdi (21ta gol – 2018/19). 

Benzema shuningdek safarda urilgan gollar bo‘yicha ham peshqadam hisoblanadi.  

• Endi Zidan haqida. U 3,5 mavsumda 11 ta sovrinni qo‘lga kiritdi: 3 marta YECHL g‘olibligi, 2 martadan La Liga chempionligi, Ispaniya Superkubogi, Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi CHM g‘olibligi.

Zidan Fabio Kapello davridan keyin (2006) ikki bor La Liga g‘olibligiga erishgan birinchi murabbiyga aylandi. Bu borada omadli murabbiylar reytingi quyidagicha: Migel Munyos (9 marta), Luis Molovni (3), Leo Benxakker (3), Xuan Vilyalonge (2), Milyan Milyanich (2), Fabio Kapello (2), Visente Del Boske (2) va Zinedin Zidan (2).

• «Barselona» 37-turda "Osasuna"ga yutqazdi. Jamoa 2014 yildan beri ilk bor chempionat va Ispaniya Kubogidan mahrum qildi.

Hatto Messi ham mavsum qayta tiklanganidan keyin "Real"ni to‘xtatib bo‘lmasligini aytgandi: «Ular o‘z ishlarini qilishadi. Hech bir o‘yinda yutqazmaslik – bu kerakli natija. Ammo biz ham bu g‘alabalarga "hissa" qo‘shdik va endi hammasini tahlil qilishimiz shart».

"Real" muxlislarini navbatdagi chempionlik bilan yana bir bor tabriklaymiz. Umid qilamizki, kelasi mavsumda ham La Ligada yanada qiziqarli o‘tadi.

Nizomjon ISLOMOV tayyorladi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 22:35, 17.07.2020.
O'qildi: 8036 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.