Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Edin Jeko «Roma» tarixiga kirdi

Edin Jeko «Roma» tarixiga kirdi

Baho:
+ | -

«Roma» hujumchisi Edin Jeko rimliklar klubi tarixidagi eng yaxshi legioner to‘purarga aylandi.

34 yoshli futbolchi A Seriya 33-turi doirasida «Verona»ga qarshi kechgan o‘yinda (2:1) gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Bu bosniyalik hujumchi uchun «Roma» safidagi 105-gol bo‘ldi. Rimliklar matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Jeko klub tarixidagi eng yaxshi legioner to‘purarga aylandi. U «Roma»ning argentinalik afsonasi Pedro Manfredinini (104 gol) ortda qoldirdi.

Avvalroq bosniyalik futbolchi «Roma» tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar beshligiga kirgandi. Klubning eng yaxshi to‘purari Franchesko Totti hisoblanadi — 307 ta gol.

Jeko «Roma»ga 2016 yilning yozida «Manchester Siti»dan kelgandi. Futbolchi joriy mavsum rimliklar safida 39 o‘yin o‘tkazib, 18 gol va o‘nta golli uzatma muallifiga aylandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:45, 17.07.2020.
O'qildi: 2547 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик