Turinning "Yuventus" klubi yozgi transfer vaqtida "Arsenal" hujumchisi Aleksandr Lyakazett bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda Fransiya matbuoti xabar tarqatmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, "keksa sinyoralar" fransiyalik futbolchi borasida muzokaralarni boshlab yubrgan. Transfermarkt portali Lyakazettni 48 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" shuningdek "Napoli" hujumchisi Arkadiush Milik xizmatiga ham qiziqish bildirmoqda.