Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

"La Liga"ning eng yaxshi futbolchisi kim?

"La Liga"ning eng yaxshi futbolchisi kim?

Baho:
+1 | -

Avvalari Messi “La Liga”ning eng yaxshi futbolchisi nomi uchun Ronaldu bilan kurash olib borar edi. Endlikda, uning raqibi Karim Benzema! Stadion. bu mavsumda ushbu sovringa ulardan qay biri munosib ekanligini borasida fikr almashadi.

Aslida, “Real”ning chempionligi uchun katta hissa qo‘shgan Kazemiro yoki Ramos Messiga raqobat tug‘dirishi mumkin edi, biroq Leo bilan bu yigitlarni solishtirishning iloji yo‘q. Boz ustiga, Karim bu mavsumda sermahsullik borasida ham jamoadoshlaridan ajralib turdi. Shunday ekan, Messining qarshisida uni gavdalantirsak, adolatdan bo‘ladi.

Benzema 19(4)+8 – Messi 22(5)+20

Lionel Messi bu mavsumda ichki birinchilikda 22 ta gol kiritdi. Bu Benzemaning natijasida 3 ta golga yaxshiroq degani. O‘yindan kiritgan gollar borasida natija 17:15. Agar Ramos 11 metrlik nuqtani Karimga topshirganida, Benzema Messidan o‘zib ketgan bo‘lar edi. E’tiborlisi shundaki, Karim “Real” kiritgan gollarning 29 foizini o‘z hisobiga yozib qo‘ygan. Leo esa, 28 foiz. Benzema Leodan vaziyatlardan unumli foydalanish borasida ham oldinda. Bu mavsumda Karim gol kiritishi uchun 6,26 ta zarba kerak bo‘lgan bo‘lsa, Messi 6,63 ta zarbadan so‘ng gol kiritgan.

Shunga qaramay, Messi assistlar borasida Karimdan ancha ustunroq. Argentinalik futbolchi 20 ta golga hammualliflik qildi. Messi maydonda erkin ijodkor sifatida harakat qilgani bois, bu natija Karimnikidan ancha yaxshiroq. Benzema markaziy hujumchi. Uning uchun gollar soni assistlardan muhimroq.

Bu ularning eng yaxshi mavsumi emas

Leoning eng ashaddiy ishqibozlari Karimning u bilan raqobatlashayotganini hazm qila olmasligi mumkin. Tan olish lozim Leo o‘z karyerasidagi eng omadsiz mavsumlardan birini o‘tkazmoqda. Qahramonimiz 2008/09-mavsumda “La Liga”o‘yinlarida 23 ta gol kiritgan va o‘sha mavsum hujumchi uchun eng omadsizi deb tan olingan edi. Shunga qaramay, ayni damda Messi Ispaniya chempionatida 795 ta assistni amalga oshirishga ulgurdi. Bu borada Benzema(504) undan ancha ortda qolmoqda.  To‘g‘ri, Leo avvalgidek nayzaning uchida harakat qilmayapti, biroq Benzema uchun ham bu mavsum karyerasidagi eng yaxshisi emas. Fransuz 2015/16-yilgi mavsumda 24 bor darvozalarni ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan. O‘tgan mavsumda bu raqamlar 21 ni tashkil etgan edi. Tan olish lozim, statistika borasida Leo Benzemadan bir bosh baland. Shunga qaramay, bu mavsumda Leo sovrinni Karimga berib qo‘yishi hech gap emas. Sababi, shaxsiy statistika hech qachon jamoaning natijalaridan baland tura olmaydi. Boz ustiga, uning jamoa o‘yiniga ta’siri ham deyarli sezilgani yo‘q.

Nima uchun Karim Benzema 2019/20-mavsumning eng yaxshi futbolchisi?

“Barselona” Leoning Ispaniyada mutloq hokimlik o‘tkazgani uchun ham 10 yil davomida asosiy fovorit sanaladi. Leo “Barsa” bilan chempionlikni va shaxsiy sovrinlarni birin-ketin o‘ziniki qilib bordi, biroq bu mavsumda “Real” “Barselona”dan o‘zib ketdi.
Nima bo‘lgan taqdirda ham, mavsumning eng yaxshi futbolchisi g‘olib jamoa a’zosi bo‘lishi lozim. Aslida, Karim  yakunlanayotgan mavsumda fantastik o‘yin namoyish etdi. Yetakchilikni qo‘liga oldi va muhim gollarni kiritdi. Ronaldu ketgach, u ham Messi singari hujumdagi bosh rolni ijro etishni boshladi. Agar Ramos penaltini jamoadoshiga berganida, bugun u mavsumning eng yaxshi to‘purariga aylangan bo‘lar edi. Agar Messi “La Liga”ning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilsa, bu faqat uning familyasi Messi bo‘lgani uchungina bo‘ladi xolos. Karim har jabhada “La Liga”ning eng yaxshi futbolchisi loyiq.

Nima uchun Leo Messi 2019/20-mavsumning eng yaxshi futbolchisi

“Real” chempionlikni qo‘lga kiritdi. Benzema o‘zining Ispaniyadagi eng yaxshi mavsumini yakunladi. Siz Karimning “La Liga”dagi maydondagi harakatlariga e’tibor berdingizmi? Issiqlik kartasi futbolchi chinakam mehnat qilganidan darak bermoqda. Aslida, Karimning eng yaxshi futbolchi ekanligiga shubha yo‘q, lekin Ispaniaydagi eng yorqin futbolchi hali-hamon Messi bo‘lib turibdi. Bu huddi APLda “Liverpul” chempion bo‘ldi, lekin eng yorqin o‘yinni De Bryuyne ko‘rsatayotgani singari yaqqol ko‘zga tashlanib turgan fakt. Agar eng yorqin futbolchini ko‘rsatish lozim bo‘lsa, “Real”ning chempionligi ham Benzemaga yordam bera olmay qolishi mumkin. Agar Messi va Benzemani o‘zaro solishtirish lozim bo‘lsa, Messi ko‘proq gol kiritgan. Qo‘shimchasiga 20 ta assist ham uning hisobida. Bundan tashqari, u mavsum davomida 20 marotaba uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan. Bu ko‘rsatgichlar Karimda ikki barobar kamroq. Iltimos, o‘zingizni aldamang! “Real” Ispaniya chempioni, biroq ayni damda “La Liga”ning qiroli Leo Messi! Bu faktni hech kim rad eta olmaydi.

Manba: Stadion.uz

Сиз қандай фикдасиз?

Kiritildi: 10:01, 19.07.2020.
O'qildi: 9344 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.