Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Pol Pogba: «O‘limdan so‘ng boy ham, kambag‘al ham bir xil qabrda bo‘ladi...»

Pol Pogba: «O‘limdan so‘ng boy ham, kambag‘al ham bir xil qabrda bo‘ladi...»

Baho:
+ | -

Pol Pogba — Yevropadagi eng mashhur futbolchilardan biri. 27 yoshida u futbolchilik faoliyatida katta yutuqlarga erishdi, shu jumladan Rossiyada bo‘lib o‘tgan JCH-2018da Fransiya terma jamoasi bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Ammo, mukofotlar va unvonlarning ko‘pligiga qaramay, islom diniga sodiqlik uning shaxsiyati, kuchli fe’l-atvori va mehnatsevarligining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan hal qiluvchi omil hisoblanadi.

Pol Pogba asli G‘arbiy Afrikada joylashgan Gvineya davlatidandir. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakat aholisining qariyb 90 foizi islom diniga e’tiqod qiladi.

Ota-onasi Pol tug‘ilishidan bir necha yil oldin Fransiyaga ko‘chib kelib, Parijning sharqiy chekkasida Lani-syur-Marn shaharchasida istiqomat qilishgan. Pol, shuningdek, ikkita katta egizak aka-uka - Florentin va Matias, barchasi futbolga qiziqishgan. O‘g‘illarining sportda ulkan yutuqlarga erishishini istagan ota-onaning qo‘llab-quvvatlashi tufayli aka-ukalar o‘z maqsadlariga astoydil kirishdilar. Ota-onalar o‘g‘illarini bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasiga o‘qishga yuborishdi va ular yutqazishmadi.

Pol onasiga katta mehr va hurmat bilan muomala qiladi. Minnatdorchilik belgisi sifatida u unga 2018 yilgi jahon chempionatidagi oltin medalini onasiga taqdim etdi.

Pol Pogbaning jamoasi "Manchester Yunayted"ni 2017 yilda Yevropa Ligasida g‘olib chiqqandan so‘ng, Makkaga umra ziyoratiga borib keldi. Keyingi yili Jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi bilan o‘ynashga tayyorgarlik ko‘rayotgan Pogba yana Ka’ba ziyoratiga bordi.

Islom dini unga boylik va shon-sharafni to‘g‘ri baholashga yordam beradi. 2016 yilda Pol Pogba dunyodagi eng qimmat futbolchi deb topildi. U bu haqiqatni islomiy kamtarlik tamoyiliga asoslanib shunday izohladi: “O‘limdan so‘ng boy ham, kambag‘al ham bir xil qabrda bo‘ladi. Shuning uchun, men bu haqda hatto o‘ylamayman».

“Men uchun Islom hamma narsadir. Dinim tufayli hamma narsadan minnatdorman. Islom meni o‘zgarishga, hayotdagi ko‘p narsalarni tushunishga majbur qildi...

Bu mening hayotimdagi yaxshi o‘zgarish edi, chunki men musulmon bo‘lib tug‘ilmaganman...

Islom – terrorizm emas. OAVda eshitadigan narsalar aslida boshqa narsa. Bu ajoyib narsa. O‘zingiz ko‘rishingiz mumkin. Har kim o‘zining Islom bilan aloqasi borligini sezishi mumkin. Men musulmon do‘stlarim ko‘p bo‘lgani uchun Islomni qabul qildim. Biz doim din haqida suhbatlashamiz.

Men o‘zimga ko‘p savollar berardim va keyin shaxsiy tadqiqotlarimni boshladim. Bir kuni do‘stlarim bilan namoz o‘qidim va boshqa narsani his qildim. O‘sha kundan boshlab men namozimni kanda qilmadim. Siz kuniga besh marta ibodat qilishingiz, Allohga tavba qilib, mag‘firat so‘rashingiz va bor narsangiz uchun minnatdor bo‘lishingiz kerak.

Bu meni jaholatdan qutqargan va meni yaxshiroq inson qiladigan din. Men oxirat haqida ko‘proq o‘ylay boshladim. Islom insoniyatga va hamma narsaga hurmat dinidir".

Manba: azon.uz
Kiritildi: 17:46, 19.07.2020.
O'qildi: 6494 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик