Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Prevyu. “Navbahor” “Surxon”

Prevyu. “Navbahor” “Surxon”

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasining 10-tur doirasida Namanganning “Navbahor” klubi Termizning “Surxon” jamoasini qabul qiladi.  

Mazkur klublar shu kungacha milliy chempionatlarimiz tarixida o‘zaro

26 marta ro‘baro‘ kelishgan. Ushbu o‘yinlarning 18 tasida “lochinlar”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa (bitta o‘yinda “Navbahor”ga texnik g‘alaba yozilgan), 5ta uchrashuvda termizliklar g‘alaba qozonishgan,  3ta bahsda esa jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati – 73-20, “Navbahor” foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda “Navbahor” 57 ochkoni,  “Surxon” esa 18 ochkoni qo‘lga kiritgan. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlardagi eng yirik - 9:0 hisobi 1997 yili Namanganda qayd etilgan. Ta’kidlash joizki, namanganliklar o‘tkazilgan 26ta bahsning 12 tasida termizliklar ustidan yirik hisobda zafar quchishgan.  


“Navbahor” hamda “Surxon” klublari bungacha Namanganda 13 marta kuch sinashishgan (o‘tgan yilgi bahs ma’lum sabablarga ko‘ra, Farg‘onada o‘tkazilgan va ushbu o‘yin ham “Navbahor” nominal mezbon bo‘lganligi bois, inobatga olindi).

1992 yili termizliklar Namanganga tashrif buyurishmagani bois, “Navbahor”ga 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba yozilgan bo‘lsa, qolgan 12ta bahsning barchasida “lochinlar” g‘alaba qozonishgan (Farg‘onadagi o‘yinda ham).

Termizliklar Namanganda hali ochko olisholmagan.

“Navbahor” o‘z maydonida o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarda “Surxon” darvozasini 49 marta ishg‘ol etgan bo‘lsa, termizliklar Namanganda “lochinlar” darvozasiga  bor-yo‘g‘i 4ta to‘p kiritishgan.

Umid qilamizki,  21 iyul kuni Toshkentdagi “Lokomotiv” stadionida kechadigan bahsda ham ushbu yoqimli an’ana davom etadi hamda sevimli jamoamiz joriy mavsumdagi navbatdagi g‘alabasini nishonlaydi.

Barcha uchrashuvlar qaydnomasi:

28.03.1992          Surxon – Navbahor  - 1:1
29.10.1992          Navbahor – Surxon  -  +:-
13.04.1994          ASK – Navbahor  -       2:3
13.11.1994          Navbahor - ASK -        2:1
11.06.1995          Navbahor - ASK -        4:0
19.08.1995          ASK - Navbahor -        2:5
26.06.1996          Navbahor - ASK -        4:1
29.08.1996          ASK - Navbahor -        1:4
13.04.1997          Navbahor – Surxon -   9:0
04.10.1997          Surxon – Navbahor -   1:0
18.04.1998          Navbahor – Surxon -   5:0
08.10.1998          Surxon – Navbahor -   3:1
06.06.1999          Navbahor – Surxon -   1:0
14.08.1999          Surxon – Navbahor -   1:0
19.04.2000          Surxon – Navbahor -   3:3
30.09.2000          Navbahor – Surxon -   5:0
23.06.2001          Surxon - Navbahor      0:3
31.07.2001          Navbahor - Surxon      7:1
28.04.2002          Surxon – Navbahor -   1:0
19.10.2002          Navbahor – Surxon -   1:0
14.05.2003          Surxon – Navbahor -   1:0
13.09.2003          Navbahor – Surxon -   2:1
15.03.2004          Navbahor – Surxon -   6:0
05.11.2004          Surxon – Navbahor -   0:4
21.04.2019          “Navbahor” – “Surxon” – 3:0
19.10.2019          “Surxon” – “Navbahor” – 0:0.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 16:01, 20.07.2020.
O'qildi: 2460 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.