Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

APL. «Aston Villa» «Arsenal»ni mag‘lub etdi

APL. «Aston Villa» «Arsenal»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 37-turi doirasida «Aston Villa» o‘z uyida «Arsenal»ni qabul qilib, kichik hisobda g‘alaba qozondi.

Bahsning 27-daqiqasida Mahmud Trezege "kanonirlar" darvozasini ishg‘ol qildi. "Arsenal"da APL orqali biror maqsadga erishish (masalan, Yevropa ligasi yo‘llanmasi) imkoniyati qolmagani uchun bo‘lsa kerak, jamoa g‘alabaga xos o‘yin ko‘rsata olmadi. Ikkinchi bo‘limda Lyakazett yakkama-yakka vaziyatda darvozaga aniq zarba bera olganida, ehtimol Arteta jamoasi bugun durangga erishishi mumkin edi.

Ammo "Aston Villa" muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi hamda 17-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jamoa APLda qolish uchun kurashishda davom etadi.

APL, 37-tur
Aston Villa – Arsenal 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 27 Trezege.
Aston Villa – Reyna, Al-Muxammadi (Gilber, 25), Konsa, Mingz, Targett, Duglas Luis, Xurixeyn (Nakamba, 73), Trezege, Makginn (Lensberi, 90), Grilish, Samatta (Devis, 72).
Arsenal – Martines, David Luiz (Pepe, 60), Xolding, Kolashinas, Soaresh (Uillok, 79), Torreyra (Jaka, 46), Sebalyos, Saka (Tirni, 60), Obameyang, Lyakazett, Nketia.
Ogohlantirishlar: Torreyra (35), Lyakazett (61), Duglas Luis (71), Kolashinas (80), Targett (87), Uillok (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:16, 22.07.2020.
O'qildi: 4621 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.