Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Rivaldo: «Oltin to‘p»ni topshirmaslik haqidagi qaror Levandovskining hafsalasini pir qilgan bo‘lsa kerak»

Rivaldo: «Oltin to‘p»ni topshirmaslik haqidagi qaror Levandovskining hafsalasini pir qilgan bo‘lsa kerak»

Baho:
+ | -

Braziliyalik sobiq futbolchi Rivaldo "France Football" jurnalining 2020 yilda "Oltin to‘p" g‘olibini aniqlamaslik haqidagi qaroriga o‘z munosabatini bildirdi.

«Hozir jahondagi holatni inobatga olganda, bu to‘g‘ri qaror bo‘ldi. Yevropa milliy chempionatlarida mavsum g‘alati o‘tdi — ba’zi ligalar muxlislarsiz o‘tgan bo‘lsa, ba’zilari, masalan, Fransiya chempionati muddatidan avval yakunlandi.

Bu qarordan ba’zi futbolchilarning hafsalasi pir bo‘lgan bo‘lsa kerak. Masalan, Robert Levandovski — shubhasiz, ulardan biri. Polshalik futbolchi mavsumni ajoyib o‘tkazdi. U «Bavariya» bilan Bundesligada sakkizinchi sovrinini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, jamoani oldinda Chempionlar ligasi kutib turibdi. Shu bois, unda Messi va Ronaldu bilan sovrin uchun kurashish imkoniyati mavjud edi.

Messi va Ronaldu uchun esa «Oltin to‘p»ning bekor qilinishi — yana bitta sovrinni yutish uchun qo‘ldan chiqarilgan imkoniyat, ayniqsa, ularning faoliyati yakuniga yetayotganini inobatga olganda», — dedi Rivaldo "Marca" nashriga bergan intervyusida.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 12:46, 24.07.2020.
O'qildi: 6889 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик