Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Tayson Roy Jonsga qarshi jang haqida fikr bildirdi

Tayson Roy Jonsga qarshi jang haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson beshta vazn sobiq chempioni Roy Jonsga qarshi kechadigan jang haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Jang 12 sentyabr kuni Los-Anjelesda (AQSH) bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

«Ikkimiz ham tajribali jangchilarmiz. O‘zimizni eplay olamiz. Biz bilan hammasi joyida bo‘ladi, ishonavering.

Ringda Mayk Taysonni yuz foiz ko‘rsatishga harakat qilaman. Nima qilishni bilaman. Faqat oldinga boraman. Jangda nima bo‘lishini bilmayman, biroq Roy ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi.

Endi biz boshqacha hayot tarziga moslashamiz. Men hech qachon bu qadar ko‘p zarba o‘tkazib yubormagandim. Naqafaga chiqib, o‘z hayotimni davom ettirayotgandim.

Ma’lum tajribaga ega bo‘ldim, endi esa qaytyapman. Tanamga e’tibor qilyapman va ruhiy tomondan boksni tashlab keyin ringga qaytgan avvalgi sportchilardan yaxshiroq holatdaman. Bu ajoyib bellashuv bo‘ladi. Uni intiqlik bilan kutyapman», — deydi Tayson.

Ma’lumot uchun, Mayk ringdagi so‘nggi jangini 2005 yil o‘tkazgan. Tayson professional boksda 58 ta jang o‘tkazib, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan. 44 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Oltita jangda mag‘lub bo‘lgan. Ikkita jangi esa hisoblanmagan.

51 yoshli Roy Jons esa professional boksda 75 ta jang o‘tkazib, 66 g‘alabaga (47 tasi nokaut) erishgan va to‘qqiz bor mag‘lub bo‘lgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:59, 24.07.2020.
O'qildi: 6256 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.