Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

«Yuventus» — ketma-ket 9-marta Italiya chempioni!

«Yuventus» — ketma-ket 9-marta Italiya chempioni!

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 36-turi doirasida «Yuventus» o‘z maydonida «Sampdoriya»ni qabul qilib, qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 7-daqiqa o‘tib borayotganida "Yuventus" jarima zarbasini tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Pyanich himoyachilarni chalg‘itib, jarima maydoni ichidagi Ronalduga pas berdi. Krishtianu 12 metrlardan darvoza tomon aniq zarba berdi va hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida mezbonlar tezkor qarshi hujum tashkil qilishdi. Ronalduning zarbasidan keyin darvozabon to‘pni qaytardi. To‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan Bernardeski hisobdagi farqni oshirdi.

Oradan 10 daqiqa o‘tib mehmonlar yarim himoyachisi Torsbi ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.

O‘yin so‘ngida Ronaldu uchun yaxshi imkoniyat yuzaga keldi — "Sampdoriya" darvozasi tomon penalti belgilandi. Krishtianuning kuchli zarbasidan keyin to‘p to‘singa tegib, maydonni tark etdi.

Shunga qaramay, "Yuventus" g‘alaba qozondi hamda mavsum tugashiga 2 tur qolganida Skudettoni qo‘lga kiritdi.

Italiya A seriyasi, 36-tur
Yuventus – Sampdoriya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 45 Ronaldu, 2:0 – 67 Bernardeski.
Noaniq penalti: Ronaldu (89, to‘sin)
Yuventus – Shchensni, Aleks Sandro, de Ligt (Rugani, 78), Bonuchchi, Danilo (Bernardeski, 29), Rabyo, Matyuidi, Pyanich (Bentankur, 78), Kuadrado, Dibala (Iguain, 40), Ronaldu.
Sampdoriya – Audero, Tonelli, Shabo (Leris, 22), Audjello, Depaoli, Yankto (Gabbyadini, 73), Torsbyu, Ramires (Maroni, 90), Linetti, Yosida, Kualyarella.
Ogohlantirishlar: Pyanich (45), Torsbyu (45), Tonelli (45), Yankto (65), Bernardeski (69), Kuadrado (80), Rabyo (86), Depaoli (88).
Chetlatish: Torsbyu (77).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:48, 27.07.2020.
O'qildi: 6932 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик