Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Benjamen Pavar qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi.
Bild nashrining xabariga ko‘ra, himoyachi jarohati sababli 6 haftani o‘tkazib yuboradi. Pavar "Bavariya"ning kechagi mashg‘ulotlarida jarohat olgan edi.
Shu tariqa, Pavar "Bavariya"ga chempionlar ligasining pley-off bosqichida yordam bera olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, bu mavsum Pavar 32ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan va 5ta golga assistentlik qilgan.