Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

“Barselona”ning kelajak rejalari qanday?

“Barselona”ning kelajak rejalari qanday?

Baho:
+ | -

“Barselona”ning kelajak rejalari qanday ekanligi barchaga qiziq. Stadion.uz Kataloniya klubi va uning yaqin yillardagi ahvoli haqida fikr almashadi..

Noilojlikdan yoshlarga imkon beriladi

Futbol klublari faqat moliyaviy muammolar o‘chog‘iga tushib qolganidagina tarkibni yoshartirishga majbur bo‘ladi. Boshqachoroq qilib aytganda, “Barselona” noilojlikdan shu ishga qo‘l urmoqda. Sababi, grand klublar hech qachon tarkibni yoshartirishga urg‘u bermaydi. Gap shundaki, yosh va tajribasiz futbolchilar bilan sovrin yutish juda mushkul. Bundan tashqari, chinakam iqtidorli futbolchilar asosiy tarkibga o‘zi shundoq ham kirib borishga qodir. Bu ularning futbolchi sifatida o‘sishiga ham turtki bo‘ladi. Kuchli raqobatda toblangan yosh futbolchi katta futbolda o‘z o‘rninitezda topib ketadi. Buni tabiiy tanlov desak, adashmagan bo‘lamiz.

Hozircha, “Barselona” rahbarlari jamoaning qanday yo‘l tutishi borasida ma’lumot bermayapti. Shunga qaramay, Kataloniya nashrlari allaqachon “yangi “Barselona” va uning super iqtidorli yigitlari haqida maqolalar e’lon qilishni boshlab yubordi. Nashrlar “Barselona”ning kelajagi Bartameo tuzgan ajoyib reja asosida mustahkam qilib barpo etilishi haqida yozmoqda.

Ispaniyaning boshqa nashrlari esa, allaqachon Bartameuning turli xatolari va no‘noq rahbarligi haqidagi ma’lumotlar tarqatishga tushib ketgan. Yangi Xavi bo‘lishi kutilayotgan 23 yoshli Arturning Pyanich bilan rokirovkasi amalga oshirilgach, deyarli barcha katta nashrlar “Barselona”ning botqoqqa botib qolgani haqida bong urishni boshladi. Sport.es nashrining ma’lum qilishicha, Bartameu o‘z postini saqlab qolish maqsadida barcha narsaga tayyor. Shu sababli, oldinda klub muxlislarini hayratda qoldiruvchi bir nechta yangi qarorlar bizni kutib turibdi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Ko‘tara savdo

“Barselona” klubi yozda bir nechta futbolchilarni transferga qo‘yishini rasman ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Filippe Koutinyo, Arturo Vidal, Usman Dembele, Ivan Rakitich, Samyuel Umtiti, Nelson Semedu, Neto, Rafinya Alkantara, Karles Alenya, Martin Breytueyt, Ektor Firpo va Jan-Kler Todibolarga allaqachon ketish taradudini ko‘rish topshirilgan. Shunga qaramay, bu futbolchilarni birdaniga sotib yuborishning iloji yo‘q. Afsuski, Artur “Barsa”ni tark etishni istamasa ham chiqish eshiklari ko‘rsatib yuborildi. Bu voqeadan so‘ng, klub futbolchilari ham jamoaning kelajagiga shubha bilan qarashni boshladi. Endilikda, klubda deyarli hech kimga joy sug‘urtalanmagan. Ichki muhit ancha buzilgan. Vaziyatdan boshqa klublar ham foydalanib qolish ilinjida. Eng achinarlisi shundaki, “Barselona”ga pul kerakligini bilgan jamoalar futbolchlarning transfer summasini keskin pasaytirish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshiradi.

Afsuski, yuqorida nomi zikr qilingan futbolcharni transferga qo‘yish orqali klub vaziyatdan chiqib keta olmaydi. To‘g‘ri, qilingan xatolar biroz o‘nglanishi mumkin, biroq sarf etilgan pullarchi?  Yuqorida nomi zikr qilingan futbolchilar  transferi uchun Kataloniya klubi 450 million yevro sarf etgan. Agarda, ayni damda 12 ta futbolchining barchasi sotib yuborilsa ham ularga ishlatilgan 450 millionning yarmini ham qoplashning iloji yo‘q.

Yoshlarga yo‘l!

Istaymizmi yo‘qmi Kataloniya yoshlarini kuzatishimizga to‘g‘ri keladi. Shu o‘rinda aytib o‘tish joiz, ayni damdagi yoshlar haqiqatdan ham iqtidorli.  Ma’lumotlarga qaraganda, kelasi mavsumda Ansu Fati (17), Pedri (17), Fransishku Trinkao (20), Xuan Miranda (20), Riki Puch (20) va Ronald Arauxo (21) singari futbolchilar asosiy jamoaga jalb etiladi. Shuningdek, ikkinchi jamoadagi Aleks Kolyado va Ramon Rodrigeslarga ham o‘yin amaliyoti taqdim etiladi. Sport.es nashrining ma’lum qilishicha, bu yigitlarga “Barselona” o‘yin falsafasi singdirilgan va ular kelajakda katta sorvinlar uchun kurash olib borishadi.


Bir qarashda juda siaftli kelajak rejasi, biroq aslida ham hammasi ko‘ngildagidek ketyaptimi? Xo‘sh, jamoa yoshartirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, nima uchun Mark Kukurelya “Xetafe”ga sotib yuborildi.Vaholanki, u o‘zini har jabhada ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan ediku? Nima uchun katta futbolda tajriba orttirgan Todibo va Karles Aleniyalar kelajak rejalariga kiritilmadi? Ahir, ular ham endigina 20 yoshni qarshi olgan futbolchilarku! Gap shundaki, bu yigitlar allaqachon klublar nishoniga tushib qolgan. Ularni ham Mark singari 10 million atrofida pullash imkoni mavjud. Shu sababli, klub ularni kelajak rejalariga kiritgani yo‘q. Jamoa tushib qolgan qiyinchliklar o‘chog‘idan chiqib ketish uchun 20 million yevro ham asqotishi mumkin.

Qaysidir ma’noda, “Barselona” yangi asrdagi eng qiyin pallalarni boshidan o‘tkazish arafasida turibdi. Shunday bo‘lsada, klub inqiroz ko‘chasiga kirib qoldi deyish noo‘rin. Ushbu klub boshidan bundan ham og‘ir kunlarni o‘tkazgan.

Bu muammo ham ko‘p o‘tmay yana bartaraf etiladi. Shunchaki, Kataloniya klubiga ishonishda davom etish lozim. Shirin yolg‘ondan ko‘ra, achchiq haqiqat foydaliroq. Shunday ekan, klubni oldida qiyin kunlar kutmoqda, biroq “Barselona” buni yengib o‘tishga qodir.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:01, 27.07.2020.
O'qildi: 9300 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.