Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Bavariya” yaqinlashdi

Myunhenning “Bavariya” jamoasi avvalroq xabar berganimizdek “Norvich” klubi himoyachisi Maks Aarons bilan jiddiy qiziqishda davom etmoqda.

“Sky Sport”ning ma’lum qilishicha, nemislar allaqachon “Norvich” klubiga rasman taklif yuborgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, Maks uchun “Bavariya” 20 million yevrodan voz kechadi.

“Borussiya” rad etdi

Dortmundning “Borussiya” jamoasi “Manchester Yunayted”dan kelib tushgan Sancho borasidagi taklifni ko‘rib chiqishni istamadi.

Bu haqida "Bild" nashri ma’lum qilmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, “Borussiya” klubi “qizil iblislar”ning turli bonuslar bilan taklif qilgan 98 million yevrolik taklifidan voz kechgan.

Eslatib o‘tamiz, dortmundliklar Sanchoni jamoada saqlab qolish orqali kelasi mavsumda Bundesliga g‘olibligi uchun kurash olib bormoqchi.

Xames “Yunayted”da!

“Manchester Yunayted” tez kunlarda “Real” yarim himoyachisi Xames Rodrigesni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qiladi.

Bu haqida “Daily Express" nashri ma’lum qilmoqda. Manbada yozlishicha, “qizil iblislar” kolumbiyalik futbolchi uchun 25 million yevrodan voz kechadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Sulsher 29 yoshli futbolchini jamoani tark etishi tobora aniqlashib borayotgan Jessi Lingardning o‘rnini to‘ldirishidan umidvor.

Kepa PSJda?!

Angliyaning “Chelsi” jamoasi kipperi Kepa Arrisabalaga kelasi haftada Parij klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

“Daily Exspress"ning ma’lum qilishicha, “Chelsi” o‘z futbolchisini PSJ klubiga taklif qilgan. Manbaning ma’lum qilishicha, Parijliklar Kepani 60 million yevro atrofida baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Frenk Lempard allaqachon ispaniyalik posbonning o‘rnini egallashga qodir 5 ta variant ustida ishlamoqda.

“Spartak” Miloshga ko‘z tikdi

Moskvaning “Spartak” jamoasi Avstraliya terma jamoasi a’zosi Milosh Degenek bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Bu haqida “Mundo Portal" ma’lum qilmoqda. “Srvena Zvezda” jamoasi himoyachisi borasida Moskva klubi allaqachon rasmiy taklif yuborgan va serblardan javob kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bu mavsumda Degenek Serbiya birinchiligining 22 ta o‘yinida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol yozib qo‘ydi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 03:37, 28.07.2020.
O'qildi: 15467 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.