Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/11 00:45 Inter 1-0 Venetsiya
04/11 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Betis
04/11 19:00 Al-Vasl 1-1 As-Sadd
04/11 21:00 Al-Ahli (SA) 5-1 Ash-Shorta
04/11 21:00 Persepolis 1-1 Al-G‘arafa
04/11 22:30 Empoli 1-0 Komo
04/11 22:30 Parma 0-1 Jenoa
04/11 23:00 Al-Hilol 3-0 Istiqlol
05/11 00:45 Lasio 2-1 Kalyari
05/11 01:00 Selta 1-0 Xetafe
05/11 01:00 Fulhem 2-1 Brentford
05/11 13:00 Sentrel Kost - Shanghai Shenhua
05/11 15:00 Kavasaki Frontale - Shangxay Port
05/11 15:00 Vissel Kobe - Kvangju
05/11 17:00 Johor Dorul Ta'zim - Ulsan Xyonde
05/11 19:00 Paxtakor - Ar-Rayyan
05/11 23:00 An-Nasr (SA) - Al-Ayn

Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar qanday o‘ynaladi?

Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar qanday o‘ynaladi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bir asrdan oshiq vaqtki, Olimpiya o‘yinlari sayyoramizning eng muhim musobaqasi, unda qo‘lga kiritilgan medallar esa sportda erishilgan eng katta yutuq sifatida qabul qilinmoqda. Ammo mazkur yirik kompleks musobaqada ishtirok etish uchun sportchi va uning jamoasi mashaqqati borasida Olimpiya o‘yinlaridan kam bo‘lmagan sinovlardan – saralash musobaqalaridan o‘tib kelishi lozim.

Har bir sport turi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlariga saralash qoidalari va tartibi Olimpiya Xartiyasiga muvofiq o‘sha sport turining musobaqalarini o‘tkazuvchi Xalqaro federasiya tomonidan ishlab chiqiladi. Ushbu saralash tartibi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining Ijroiya qo‘mitasiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

Har bir sport turi bo‘yicha saralash mezonlari aks ettirilgan prinsiplar ishlab chiqiladi va unda ajratilgan kvota o‘rinlari, atletga (yoshi, tibbiy holati va boshqa) talablar, saralash tartibi (musobaqalarda saralash o‘rinlarining ajratilishi, taxminiy (yoki aniq) bo‘lib o‘tish vaqti, musobaqalarda ishtirok etish talab va mezonlar) mezbon davlat uchun ajratilgan o‘rinlar, uch tomonlama komissiyaning taklifiga asosan ajratiladigan o‘rinlar va yo‘llanmalarni tasdiqlash, Olimpiya o‘yinlari saralash davri kabi boshqa ma’lumotlar taqdim etiladi.

Demak, yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, yozgi Olimpiya o‘yinlarida sportchi ishtirok etishi uchun uch yo‘l mavjud bular:
saralash musobaqalarda ishtirok etish (va yo‘llanmani qo‘lga kiritish);
mezbon davlat sportchisi sifatida ishtirok etish;
uch tomonlama komissiya taklifiga asosan ishtirok etish.

Ba’zi bir sport turlarida atletlar Olimpiya o‘yinlariga yirik xalqaro musobaqalarda egallagan o‘rni orqali yo‘llanma olsa, ba’zi bir sport turlarida mazkur sport bo‘yicha xalqaro reyting natijalari orqali ishtirokchilar saralab olinadi. Agar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan sportchilar soni ajratilgan kvotalar miqdoridan oshib ketsa, Milliy Olimpiya qo‘mitasi davlat nomidan ishtirok etuvchi sportchilarni tanlaydi.

Reyting musobaqalarda beriladigan ochkolar ham ushbu musobaqani nufuzidan kelib chiqqan holda beriladi. Masalan, dzyudo sport turida mintaqaviy ochiq musobaqa, Gran-pri, qit’aviy chempionat, o‘smirlar Jahon chempionati, Katta dubulg‘a, Masters turnirlari va jahon chempionati kabi nufuzli musobaqalarda erishilgan natijaga qarab ochkolar belgilansa, taekvondo WT sport turida musobaqalarga G1, G2, G4, G8, G12, G20 kabi toifa beriladi va natijalardan kelib chiqqan holda mos ravishda reyting ballari taqsimlanadi.

Musobaqalarni toifalarga ajratish bo‘yicha holat og‘ir atletika sport turida ham kuzatiladi. Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanma beruvchi musobaqalar oltin, kumush, bronza darajalardagi turnirlarga toifalanadilar va o‘z darajasidan kelib chiqqan holda ularda egallanishi mumkini bo‘lgan reyting ballari ham xuddi shu tartibda bo‘ladi. Shuningdek, ushbu sport turida Olimpiya o‘yinlariga saralash bo‘yicha boshqa sport turlarida uchramaydigan talab qo‘yilgan bo‘lib, har bir MOQ uchun ajratilgan kvalifikasiya o‘rinlari ma’lum davlat sportchilari(trenerlar) tomonidan antidoping qoidalarini buzilish sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Yana bir qiziq holat, Olimpiya o‘yinlariga saralash tizimi ko‘plab sport turlarida shunday tashkillashtirilganki, reyting orqali yo‘llanma olmagan sportchi saralash musobaqasi orqali ham lisenziya olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu o‘z-o‘zidan sportchilarni to‘xtab qolmaslikka undaydi.

Yurtimizda ham so‘nggi yillarda ko‘plab sport turlari bo‘yicha Olimpiya o‘yinlariga saralash yoki reyting ballarini taqdim etuvchi musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda. Dzyudo bo‘yicha har yili kuz faslida bo‘lib o‘tuvchi Toshkent Gran-Prisi, badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi kabi musobaqalar an’anaga aylangan bo‘lsa, karate bo‘yicha Osiyo chempionati, og‘ir atletika bo‘yicha o‘tkazilgan Xalqaro birdamlik musobaqasi va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati musobaqalari 2019-2020 yillarda tashkillashtirildi.

Afsuski, 2020 yil koronavirus pandemiyasi sababli bir necha saralash musobaqalari qoldirildi yoki bekor qilindi. Tokio 2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari esa 2021 yilda bo‘lib o‘tishi belgilangandan so‘ng saralash tizimlari, xususan Olimpiya o‘yinlariga saralash davri, saralash musobaqalari bo‘lib o‘tish vaqti, ruxsat etilgan yosh chegarasi, saralash tizimlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Bugungi kunga kelib, faqatgina velosiped sporti (shosse, trek), ot sporti, chim ustida xokkey va softbol bo‘yicha barcha kvotalar tarqatilgan bo‘lib, yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun ajratilgan kvotalarning 57% i o‘z egalarini topgan.

Xulosa qilib aytganda, Olimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalarimiz sportchilarining yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish bo‘yicha hali ko‘plab imkoniyatlari bor va ularga bugungi kun sharoitidan kelib chiqqan holda yaratilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanishlarini, mashg‘ulotlarda jiddiy shug‘ullanib borishlarini istab qolamiz va rejalashtirilgan barcha yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishlarida omad tilaymiz.

Olimpiya sport turlari faoliyatini
koordinasiya qilish departamenti
H.Toshmatov

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:29, 29.07.2020.
O'qildi: 2926 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.