Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

2021-2022 yillarda bo‘lib o‘tadigan OCHL va OFK kubogida O‘zbekistonga 1+1+1 ko‘rinishida yo‘llanmalar ajratiladi

2021-2022 yillarda bo‘lib o‘tadigan OCHL va OFK kubogida O‘zbekistonga 1+1+1 ko‘rinishida yo‘llanmalar ajratiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Osiyo Futbol Konfederasiyasi tashkilotga a’zo mamlakatlar assosiasiyalaridan kelasi ikki mavsum davomida qit’aning klublar miqiyosidagi nufuzli musobaqalari Osiyo chempionlar ligasi hamda OFK kubogida qatnashadigan klublar soniga aniqlik kiritib oldi.

Unga ko‘ra, Osiyo chempionlar ligasining kelasi ikki mavsumida O‘zbekiston klublariga 1+1 kvota ajratiladi. Ya’ni, O‘zbekiston Superligasi chempioni OCHL bahslarining guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oladi. Shuningdek, O‘zbekiston kubogi g‘olibi OCHLdagi yurishini saralash bosqichidan boshlaydi.

Bundan tashqari, kelasi mavsumdan e’tiboran O‘zbekiston klublari uchun OFK kubogi guruh bosqichida ishtirok etish imkoniyati taqdim etiladi.

Bunda O‘zbekiston kubogi sohibi OCHL saralashida muvaffaqiyatli ishtirok etgan taqdirda, O‘zbekiston Superligasida 2-o‘rinni egallagan jamoa OFK kubogida qatnashadi.

Agar O‘zbekiston kubogi g‘olibi OCHL guruh bosqichiga chiqa olmasa, mazkur jamoa o‘z ishtirokini OFK kubogi guruh bosqichidan davom ettiradi. Ushbu holatda, O‘zbekiston Superligasi vise-chempioni OFK kubogi musobaqasida ishtirok etish imkoniyatini yo‘qotadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 14:21, 29.07.2020.
O'qildi: 6674 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик