Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Jaloliddinov Rossiya superkubogida ishtirok etadimi?

Jaloliddinov Rossiya superkubogida ishtirok etadimi?

Baho:
+ | -

7 avgust kuni «Lokomotiv» va «Zenit» o‘rtasida Rossiya superkubogi uchun bahs bo‘lib o‘tadi. "Temiryo‘lchilar" mazkur uchrashuvda ikkinchi tarkib bilan ishtirok etishlari mumkin. Bu haqda klub direktorlar kengashi raisi Anatoliy Mesheryakov ma’lumot berdi.

«Taqvim, ochig‘ini aytganda, juda g‘alati. Nazarimda, Superkubokni ham qo‘shib hisoblaganda 21 kun ichida 7ta o‘yin — bu haddan tashqari ko‘p. Biz, albatta, bu o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz, lekin keyingi o‘yinlar taqvimi yaxshi o‘yin uchun xizmat qilmaydi. Boz ustiga, jarohatlar ehtimoli mavjud.

Istasak-istamasak taqvim bizni ikkinchi tarkib bilan o‘ynash ehtimolini nazarda tutishga majbur qilmoqda. Shubhasiz, Superkubok — muhim sovrin, lekin undan keyin bizni muhimligi jihatidan kam bo‘lgan 6ta o‘yin kutib turibdi», — dedi Mesheryakov.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov kecha "Lokomotiv" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. U yangi jamoasi safida 23-raqam ostida o‘ynaydi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 07:00, 30.07.2020.
O'qildi: 5422 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.