Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Irismetov: «O‘runov — kuchsiz legioner? Hozir «Spartak»da kim kuchli?»

Irismetov: «O‘runov — kuchsiz legioner? Hozir «Spartak»da kim kuchli?»

Baho:
+ | -1

«Spartak» klubi sobiq futbolchisi Jafar Irismetov «Ufa» yarim himoyachisi Oston O‘runovning moskvaliklar safiga o‘tishi mumkinligi haqida fikrlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

— O‘runovning «Paxtakor» bilan shartnomasi bor edi. U 16 yoshligida o‘rinbosarlar jamoasida o‘ynadi. Biz esa unga asosiy tarkib futbolchisi sifatida qarab, shartnoma taklif qilishga tayyorlanayotgan edik. Ammo vaziyat o‘zgarib ketdi. Uning shartnomasida shunday band bor ediki, bir tomonlama harakat bilan uni bekor qilish huquqiga ega edi. U xarakteri biroz og‘ir yigit. U "Paxtakor"da qolishni istamadi. Uning ota-onasi agentlari bilan birga klubda qolmasligini gapira boshlashdi. O‘shanda uni ham «Rostov» o‘z safiga chorlayotgani haqida gap-so‘zlar chiqqandi.

— «Rostov» safiga qo‘shila olmadimi?
— Ha, lekin u bizning safimizda ham qolishni istamadi. Go‘yoki, "Navbahor"da o‘ynasa, Rossiya yoki Qozog‘iston chempionatiga tezroq yo‘l olishi mumkinligini uning miyasiga quyishdi. Shu bois, O‘runov Namanganga yo‘l oldi. "Navbahor"da u o‘z yoshiga nisbatan yaxshi o‘yin namoyish qildi, keyin esa Toshkentning «Lokomotiv» klubida u qadar muvaffaqiyatli o‘yin namoyish eta olmadi.

— Nima uchun?
— O‘runovni darhol sotishga tayyorlay boshlashdi. Ko‘proq uzatmalar orqali o‘ynaladigan O‘zbekiston chempionati unga unchalik mos emasdi. Kuchga tayangan futbol — kurashish, to‘pni olib qo‘yish va oldinga o‘tish unga mos keladi. Umuman olganda, Rossiya chempionatiga yo‘l olib to‘g‘ri qildi.

— Uni qaysi pozisiyada ko‘ryapsiz?
— Tayanch yarim himoyasida. Oltin raqam, ko‘pi bilan — sakkizinchi raqamli o‘yinchi sifatida o‘ynay olishi mumkin. Ammo aniq o‘ninchi raqamli futbolchi emas. Uning uzatmalari — uning ustun jihati emas. U ko‘proq buzuvchi, to‘pni egallab hujum boshlashi mumkin.

— Qanotlarni ham yopa oladimi?
— Ha. Oston — universal, lekin, nazarimda, qanotda uning imkoniyatlari chegaralanib qoladi.

— «Spartak»da o‘ynab keta oladimi?
— Ostonni kuchsiz legioner, qopdagi mushuk deb yozishganini o‘qidim. Hozir «Spartak»da kim kuchli? Men o‘ynagan paytda buyuk futbolchilar, Rossiyaning eng kuchli o‘yinchilari bilan raqobatlashishimga to‘g‘ri kelgan edi. Uning raqobatchilari esa Til va Kral. Ular — buyukmi? «Spartak» ular bilan 7-o‘rinni egalladi.

Ha, u o‘zbekistonlik. Nima qilibdi? Bu holat Shomurodovga xalal berdimi? «Spartak»da shunchalik kuchli futbolchilar bormiki, muxlislar O‘runovning transferidan xafa bo‘lishsa? O‘zbekistonda iqtidorli futbolchilar ko‘p. Shunchaki uslub borasida ularning barchasi Rossiya chempionatiga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Lekin O‘runov aynan to‘g‘ri keladi. Uning barcha ko‘rsatkichlari yuqori darajada. Shunchaki taktik jihatdan uni rivojlantirish kerak.

— Uning xarakteri qanday?
— Qaysar. Biroz o‘jarligi bor. Agar biror narsani istasa — unga erishadi. Lekin Rossiyada u o‘zgargan va ulg‘aygan bo‘lishi mumkin. Uning yonida to‘g‘ri insonlar bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.

— U rus tilini yaxshi tushunmaydimi? Bu muammo tug‘diradimi?
— Men rus tilini yaxshi bilardim, lekin bu holat menga ko‘p ham yordam bermagan. U hali yosh, tez o‘rganadi. Men Ittifoqda katta bo‘lganman, u esa boshqa mamlakatda voyaga yetdi.

— Nima deb o‘ylaysiz, «Spartak» keyinchalik uni 5-10 million yevroga sotishi mumkinmi?
— U o‘ynaydigan pozisiya orqali bu ishni amalga oshirish oson emas. Masalan, Shomurodov o‘zini ko‘rsata oldi. Osiyoda esa tayanch hududida o‘ynaydigan futbolchini topish oson emas. Mabodo, Eldorni ham «Spartak»ka jalb qilish mumkin.

— Uning «Spartak»dagi o‘yinlarini tomosha qilish uchun Rossiyaga kelasizmi?
— Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat imkon bersa, albatta boraman. Darvoqe, men «Spartak» muzeyida bo‘ldim va u yerda o‘zimni topdim. Juda yoqimli bo‘ldi! Ko‘chada ham muxlislar meni tanishgani quvontidi. «Spartak» — ajoyib muxlislarga ega bo‘lgan buyuk klub. Bu borada O‘runovning omadi chopdi.

Manba: sport-express.ru
Kiritildi: 11:18, 30.07.2020.
O'qildi: 7987 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.