Kirish Ro'yxatdan o'tish

Koronavirusga qarshi kurashda kim faolroq?

Koronavirusga qarshi kurashda kim faolroq?

Baho:
+ | -

Stadion.uz pandemiya chog‘ida xayriyaga qo‘l urayotgan futbolchilar bilan tanishtirib boradi.

Ko‘plab dunyo darajasidagi futbolchilarning turli xayriyalarga qo‘l urishi odatiy tusga kirgan. Ayniqsa, bugungi kundagi og‘ir vaziyatda ko‘plab futbolchilar vaziyatga chetdan qarab turmayapti. Birinchilardan bo‘lib bu ishga Krishtianu Ronaldu qo‘l urdi desak, adashmagan bo‘lamiz. Krish va uning agenti Jorjo Mendesh Lissabondagi “Santa Maria” va “San Antonio” shifoxonalariga moddiy yordam qo‘lini cho‘zishdi. Ayni damda, Portugaliyad COVID-19 bilan og‘irgan bemorlar saqlanayotgan shifoxona uchun Ronaldu va uning agenti suniy nafas olish moslamalari va kerakli dori-darmonni ham hozir qilishdi. Mahaliy nashlarning ma’lum qilishicha, Ronaldu va Mendesh shifoxonalar uchun sarflangan summa 2 million yevro atrofida.

Bundan tashqari, Ronaldu vatanidagi barcha shaxsiy mehmonhonalarini shifoxonaga aylantirishga qaror qildi. E’tiborlisi shundaki, ushbu yangi shifoxonalarda bemorlar tekinga davlonmoqda. Ayrim nashrlar esa, Ronalduning o‘zi shifoxona personalining maoshini to‘layotgani haqida ma’lumot tarqatmoqda.


Vaziyatga futbol olamining eng mashhur shaxslaridan yana biri – Leo Messi ham jim qarab turmayapti. Argentinalik futbolchi o‘tgan oyda “ClincdeBarcelona” shifoxonasi uchun 1 million yevro xayriya qildi. Bundant tashqari, o‘z tayyorasida Argentinaga ham gumanitar yordam jo‘natdi. Qahramonimiz o‘zi tug‘ilib o‘sgan shahar aholisi uchun yangi shifoxona qurdirishni boshlab yuborgan.

“Arsenal” jamoasi yarim himoyachisi Mesut O‘zil ham voqeaga chetdan qarab turishni o‘ziga ep ko‘rmadi. Qahramonimiz Turkiyadagi virus bilan og‘rigan oilalarga 120 ming yevro xayriya qildi. Bu shunchaki, rasmiy ma’lumot holos. Aslida, O‘zil har yili judda katta summada xayriyaga qo‘l uradi, biroq ularning sir bo‘lib qolishini talab qiladi.
Yaqindagina, Izmirdagi markaziy shifoxona hodimlaridan biri O‘zil har yili kamida 200 ta yosh bolalarning og‘ir operasiyalari uchun pul ajratishi haqida ma’lum qilgan edi.

“Liverpul” yetakchisi Muhammad Salah ham O‘zil singari savobli ishlarga qul urishni hush ko‘ruvchilar sirasiga kiradi. Qahramonimiz Misr sog‘liqni saqlash vazirligi hisob raqamiga 1,17 million yevroni o‘tkazib berdi. Bundan tashqari, o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishloqchadagi shifoxona va maktab qurilishini to‘liq yakunladi.

Ayni damda transfermarket tomonidan dunyoning eng qimmat futbolchisi deb e’tirof etilayotgan Killian Mbappe ham Sovid-19ga qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘shdi. “Le10sport”ning ma’lum qilishicha, Killian “Abbe Pierre Foundation” uchun xayriya qilgan. Ushbu fond asosan uysiz insonlarni himoya qilish uchun tuzilgan. Bundan tashqari, Killian Parijdagi shifoxonalarga 400 ming yevroga teng turli dori-darmonlarni yetkazib berdi.

Murabbiylar orasida birinchilardan bo‘lib Pep Gvardiola jonbozlik ko‘rsatdi. “Manchester Siti” uztozi, Ispaniya COVID-19ning birinchi to‘lqinini boshidan o‘tkazayotganda kerakli asbop-anjomlarni harid qilish uchun   “Fundasio Angel Daniel” fondiga 1 million yevro xayriya qildi.

Futbol olamidagi bunday ishlardan ta’sirlangan Bundesliga vakillari ham qo‘lni qovushturib turishni o‘zlariga ep ko‘rishmadi. “Bavariya”klubi futbolchisi Joshua Kimmix birinchilardan bo‘lib #Wekickcorana hechtegini ishga tushirdi. Ushbu tashabbusga birinchilardan bo‘lib Robert Levandovski qo‘shildi va turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda 1 million yevroni xayriya qilishdi. Shuningdek, Sane ham yangi jamoadoshlaridan ortda  qolishni istamadi va 500 ming yevroni COVID-19ga qarshi kurash uchun sarf etdi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:05, 31.07.2020.
O'qildi: 5459 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.