Stadion.uz Bundesligani ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazgan bo‘lsada, omma e’tiboridan chetda qolgan futbolchilar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tadi.
Edmond Tapsoba
Tan olish lozim, “Bayer” klubi qishki transfer oynasidan juda unumli foydalandi. Bir nechta qiziqarli transferlarni amalga oshirgan klub jamoani kuchaytirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ana shunday transferlar qatorida “Vitoria”dan 20 million yevroga harid qilingan Edmond Tabsoba ham bor edi. E’tiborlisi shundaki, ushbu transfer o‘zini to‘liq oqladi.
Endigina 21 yoshga qadar qo‘ygan bo‘lsada, burkinlik jamoaning asosiy tarkib futbolchisiga aylanib bo‘ldi. Ajoyib tezlik va ikkinchi qavatdagi ishonchli o‘yin uyg‘unligini o‘zidan kasb etgan Edmondning kelajagi porloq.
Ayni damda, uning transfer summasi allaqachon ikki barobar kattalashgan. Qahramonimiz “Bayer”ning restartdan so‘ng, eng yaxshi statistikaga erishgan futbolchisiga aylandi.
Zak Steffan
O‘tgan yozda “Fortuna” klubi darvozabon izlashga tushib ketdi. Jamoa ishonchli kipper topa olmagach, “Manchester Siti” klubiga tegishli bo‘lgan Zak Steffani ijaraga oldi.
Quvonarlisi shundaki, aynan Zakning ishonchli o‘yini sababli “Fortuna” bu mavsumda barcha raqib bilan tengma-teng kurash olib bordi. Steffan quruq o‘yinlar borasida maqtana olmaydi, biroq darvoza sari yo‘llangan zarbalarning 73 foizini bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi.
U hali juda yosh. “Fortuna”ga qadar faqat MLSning “Kolumbus” jamoasida harakat qilgan kipper Yevropa maydonlarida juda tez o‘smoqda. Tez orada uni “Manchester Siti” ortga qaytarib olishi ham hech gap emas.
Markus Tyuram
“Gengam” safidagi ajoyib o‘yinlari sababli uni “Borussiya M” hujumchini o‘tgan mavsumda sotib olishga qaro qilgan edi.
Bu o‘sha, afsonaviy Lilian Tyuramning o‘g‘li. Tan olish lozim, 22 yoshli futbolchi Bundesligada o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Ayniqsa, uning Plea bilan tandem sifatidagi o‘yinlari kishi ko‘zini quvontirdi.
28 ta o‘yinda ishtik etgan hujumchi 8 ta gol va 9 ta assistga mualliflik qildi. O‘zining yangi jamoasidagi ilk mavsumidayoq o‘ziga sarf etilgan 12 millioni oqlagan hujumchi kelasi mavsumlarda jamoaning chinakam yetakchisiga aylanishi aniq.
Derdik Boyata
O‘tgan mavsumda “Seltik” bilan chempionlikni nishonlagan himoyachi “Gerta” bilan shartnoma tuzdi.
Yosh bo‘lishiga qaramay, allaqachon Belgiya terma jamoasining asosiy himoyachisiga aylangan Derdik tez orada grand klublarda ko‘rinish berishi aniq.
Boyata “Gerta” safida fantastik o‘yin namoyish etgan bo‘lsada, negadir nemis jurnalistlarining bunga e’tibor qaratmadi. Har bir o‘yinda ikkinchi qavatdagi kurashlarning 3,2 tasida g‘olib chiqvuchi himoyachi pressingda juda faol mehnat qiladi.
Bundan tashqari, uning daslabki tezligiga ham ajoyib. Balki, kelasi mavsumda Derdik Bundesligani o‘ziga mahliyo etar?! Uning iqtidorga gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas.
Suat Serdar
23 yoshli Serdar “Shalke”dagi o‘zining ikkinchi mavsumini o‘tkazdi. Yosh bo‘lishiga qaramay, butun jamoani maydon markazidan boshqargan turk ko‘plab grand jamoalar e’tiboriga tushishi taxmin qilingan edi, biroq uning reklama agentlari yaxshi ishlamgan ko‘rinadi.
Himoya va hujum o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini o‘tab beruvchi futbolchining statistikasi havasni keltiradi, biroq “Shalke” klubi yomon mavsum o‘tkazgani bois ham bu muxlislar e’tiboridan chetda qolgan ko‘rinadi.
Gap shundaki, Suat allaqachon Germaniya terma jamoasidan chaqiruv olgan edi, biroq pandemiya sababli uning termadagi debyuti ortga cho‘ziladigan bo‘ldi. Agarda, hech bo‘lmasa terma jamoada debyut qilsa, yarim himoyachining muxlislari keskin ortib ketishi aniq.Undagi iqtidorga kelasi mavsumda albatta baho bering!