Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

“Muxtojlar“ga atalgan final!

“Muxtojlar“ga atalgan final!

Baho:
+ | -

Ramzida sher aks etgan chempionatda futbol mavsumi poyoniga yetgan bo‘lsada, “tumanli Albion“ning ikki jamoasi yana bir jang uchun tadorlik ko‘rishmoqda. Ulardan biri, takomillashayotgan “Chelsi“ bo‘lsa, yana biri shonli mavqeyini tiklashga zo‘r berib, urinayotgan “Arsenal“.

Aslini olganda, finalgacha mashaqqatli yo‘l bosib o‘tildi. Xususan, Lempard yigitlari, APLning o‘rtamiyona jamoalaridan biri “Bornmut“ va joriy futbol mavsumining “quyuni“ bo‘lib, fantastik o‘yin namoyish etgan “Liverpo‘l“ni, Arteta jamoasi esa, ortda qolgan mavsum debyutanti bo‘lishiga qaramay, ko‘plab g‘alabalar qayd etgan, yetakchilardan ochko tortib olib, ancha yaxshi taassurot qoldirgan “Sheffild Yunayted“ hamda bu mavsum ichki chempionat sovrinlardan tanaffus olib, vise chempionga aylangan “Manchester Siti“ni mag‘lubiyatga uchratdi.

Jamoalar, ushbu turnir doirasida, 2003-yildan buyon 4 marta to‘qnash kelishgan(2003, 2004, 2009, 2017). 3 ta g‘alaba bilan ustunlik “qizillarda“
O‘ziga xos statistikaga ko‘ra, ushbu prinsipial raqiblar, 2003-yildan buyon, turli musobaqalarda, naqd 6 ta finalda to‘qnash kelishgan(2005, 2007, 2015, 2017, 2017, 2019). Bu yerda esa 3 ta g‘alaba bilan “ko‘klar“ oldinda. Garchi shunday bo‘lsada, bugun yangi murabbiylar qo‘l ostida o‘zgacha jamoaga ayalanayotgan klublar to‘qnash kelar ekan, harchand bo‘lmasin, yaqin o‘tmishdagi natijalarni bir chetga surib qo‘yish maqsadga muvofiq.


“Aristokratlar“ning Frenk Lempard qo‘l ostidagi natijasi hozircha chakki emas. Jamoa yangi murabbiy qo‘l ostida ilk mavsumdayoq sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi va mavsum yakuniga ko‘ra 66 ochko bilan 4-o‘rinni egallab, keyingi mavsum Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini naqd qildi. YECHL doirasida, Bavariyaga qarshi kechgan dastlabki uchrashuvdayoq(3-0), imkoniyatni deyarli boy berdi deya tahmin qilingan London jamoasi haqidagi fikrlar, so‘nggi 11 o‘yinda, ya’ni, restartdan keyin raqiblariga qarshi 3 bor mag‘lub bo‘lib, 8 marotaba g‘alaba qayd etganidan so‘ng keskin o‘zgarganini ham sezish mumkin. “Qish g‘amini yozda YE“ deganlaridek, yangi futbol mavsumi uchun Lempard o‘z imkoniyatlarini ancha yaxshilab olishga muvoffaq bo‘ldi. “Leypsig“dan Timo Verner, “Ayaks“dan Hakimi Ziyesh olib kelindi, bundan tashqari Kay Haverts va Yan Oblakdek o‘z jamoasining yetakchilari sanalgan futbolchilarga og‘iz solingan. Salmog‘i kichik bo‘lsada bu kubok rahbariyatning jamoa va futbolchilarga bo‘lgan ishonchini orttiradi, transferlar bozoridagi harakatini tezlashtirib, yuqoridagi, og‘ir tosh bosadigan yulduzlarni bo‘lsada, Londonga olib kelinishini ehtimoliy tezlashtiradi. Umuman olganda, jamoaning yangi mavsum uchun motivasiyasi yetarli.

“To‘pchilar“da esa vaziyat unchalik ham yengil emas. Jamoa, so‘nggi 11 o‘yinda 7 g‘alaba, 1 durrang, 3 mag‘lubiyat qayd etib, 56 ochko bilan chempionatni yevrokuboklar zonasidan pastda yakunladi. Raqibidan farqli o‘laroq “yangi qonlar“ haqida unchalik ham o‘ylamayotgan jamoaning, yangi mavsumga qanchalik yaxshi yoki aksincha taraddud ko‘rishi “Uembli“da kechadigan o‘yinga ham bog‘liq deyish mumkin.

Muxlislar nazdida bosh murabbiy effekti to‘laqonli ko‘ringanicha yo‘q. Demak, bu g‘alaba “Arsenal“dan ham ko‘ra Migel Artetaga ko‘proq zarur. Qolaversa, bu final yevrokuboklar uchun kurash eshiklarini ham ochib beradi. Ajabmas, bu g‘alaba bir vaqtlar seriyalar qayd etgan, G‘arbiy London vakillarining eski mavqeyi tiklanishida, meksikalik mutaxassisning shaxsiy karyerasida esa, muvaffaqiyatli debocha bo‘lib xizmat qilsa.

Dadajon Foziljonov

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:28, 01.08.2020.
O'qildi: 5837 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.