Braziliya terma jamoasi sobiq darvozaboni Dida «Milan»dagi lavozimini o‘zgartirishi mumkin.
LaGazzettadelloSport nashrining xabariga ko‘ra, 46 yoshli braziliyalik futbolchi asosiy jamoaning darvozabonlar murabbiyi lavozimida ish boshlaydi. U avvalroq yoshlar jamoasida shu lavozimda faoliyat olib borayotgandi.













