Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 0-1 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 0-0 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

"Spartak" bosh murabbiyi O‘runov haqida qanday fikrda?

"Spartak" bosh murabbiyi O‘runov haqida qanday fikrda?

Baho:
+ | -

Moskvaning "Spartak" klubiga ko‘chib o‘tgan hamyurtimiz Oston O‘runov haqida jamoa bosh murabbiyi Domeniko Tedesko fikr bildirdi.

"Shuni alohida ta’kidlash kerakki, biz 2000 yilda tavallud topgan yosh futbolchi bilan shartnoma imzoladik. u koronavirusga chalingandi, shu sababli u uch hafta mashg‘ulotlarda ishtirok etmadi, - Tedeskoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda TASS. - U endigina jamoamiz tarkibiga kelib qo‘shildi, shuning uchun u jamoani, jamoa esa uni yaxshi o‘rganishi kerak. Hozir bizning asosiy vazifamiz - futbolchimizni avaylash va uni himoya qilish".

"U kasallikdan keyin buyuk klub safiga kelib qo‘shildi. Avvalo, unga vaqt kerak bo‘ladi, bu juda muhim. Biz u bilan reja asosida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ishlaymiz va undan keyin ko‘ramiz", - deya qo‘shimcha qildi Tedesko.

"Yaxshi futbolchilar bir nechta pozisiyada o‘ynay olishi mumkin, O‘runov esa mana shunday futbolchilar toifasiga kiradi. Dastlabki taasurootim shunday: u juda iqtidorli futbolchi, juda yosh, endi barchamiz birdek ishlashimiz kerak. Bizning sxemamizning "sakkizligida" o‘ynashi mumkin, ikkinchi hujumchi, qanot himoyachisi, tayanch yarim himoyachisi sifatida ham to‘p surishi mumkin".

"Men hozir aniq bilmayman, lekin yaxshi futbolchiga tarkibdan doim joy topiladi. Murabbiyning ishi shunday: Agar futbolchi hafta mobaynidagi mashg‘ulotlarda 11 talik futbolchilar qatoriga kirsa, u holda murabbiy ushbu futbolchiga joy topib berishi kerak. Xulosa qilib aytganda. murabbiy pozisiyaga, raqibga, balans va boshqa narsalarga ham e’tibor berishi kerak", - dedi "Spartak" bosh murabbiyi.

Kiritildi: 06:53, 06.08.2020.
O'qildi: 9362 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.