Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 16:30 Torino - Lechche
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Abdulla Tangriyev MMA’ga o‘tishi va taklif bo‘lsa istalgan sportchi bilan jang qilishga tayyorligini ma’lum qildi (video)

Abdulla Tangriyev MMA’ga o‘tishi va taklif bo‘lsa istalgan sportchi bilan jang qilishga tayyorligini ma’lum qildi (video)

Baho:
+ | -

Dzyudo bo‘yicha Osiyo va Jahon chempioni, Olimpiada sovrindori Abdullo Tangriyev «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Suhbat davomida Abdulla Tangriyev agar taklif bo‘lsa, MMA’ga o‘tishi va istalgan MMA jangchisi bilan jangga chiqishini ma’lum qildi.

"MMA sportiga bundan ancha oldin, ya’ni 2012 yil o‘tmoqchi bo‘lganman. Bu sport turi ham tashqaridan oson ko‘ringani bilan eng og‘ir sport turlaridan biri hisoblanadi. Chunki bu sport turi aralash sportlar ya’ni ham boks, ham kurash, kikboksing, xullas, hamma sportlarning jamlanmasi hisoblangan sport turi sanaladi. MMA sport turida nom qozonish uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rish kerak. Sizning kuchli promouteringiz bo‘lishi kerak. Katta shouga tayyor bo‘lishingiz kerak. Hozirgi kunda ham qaysi MMA sportchisi jangga taklif qilsa, hech qaysisiga rad javobini bermasdan jang qilishga hamisha tayyorman.

Bizda MMA sportiga yaqin kunlargacha e’tibor bo‘lmagan. Bizning MMA sportchilarimiz ham asosan boshqa davlatlarning klublarida kurashib, o‘sha yerlarda ringga chiqib, sakkiz burchakda jang qilib kelishgan. Menga Moskvada yurgan vaqtimda o‘rtoqlarim MMA’ga o‘tmaysanmi deb taklif qilishgan edi. O‘shanda rad qilganman, agar o‘tganimda balki dzyudo chempioni emas, MMA chempioni bo‘lib ketarmidim.

Allohga shukr, dzyudoda ham, milliy kurashda ham bir sportchi niyat qilib, maqsad qilgan natijalarining barchasiga erishganman. Bu uchun Allohga behisob shukrlar, hamd-u sanolar bo‘lsin", — dedi Abdulla Tangriyev.

Ma’lumot uchun, Abdullo Tangriyev 1981 yil 28 martda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. U 19 yoshida O‘zbekiston terma jamoasiga chaqirilgan. Sidney—2000 yozgi Olimpiada o‘yinlarida qatnashgan. Abdulla Tangriyev dzyudo bo‘yicha Osiyo va Jahon chempioni, 2008 yil Pekinda o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlarida kumush medaliga ega chiqqan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:32, 06.08.2020.
O'qildi: 10737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.