Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Pirloning «Yuve» bosh murabbiyi etib tayinlangani A seriyaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Pirloning «Yuve» bosh murabbiyi etib tayinlangani A seriyaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Baho:
+ | -

Maurisio Sarrining kutilgan iste’fosidan so‘ng Andrea Pirloning kutilmaganda bosh jamoa bosh murabbiyligiga tayinlanishi, nazarimda, bir maromda ketayotgan voqealar rivojini sal buzib qo‘ydi.

Birinchidan, Pirloning kelishi "Inter"ga, xususan, shaxsan Kontega bosimni oshishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu mavsum marraga "Yuve"dan bir ochko ortda qolib yetib kelishi yaxshi natija sifatida qabul qilindi. Keyingi mavsumda esa ikkinchi o‘rin "Inter" uchun muvaffaqiyatsizlik sifatida qabul qilinsa, ajab emas. Sarri qolganida, yoki kuchli, tajribali murabbiy kelganida, Konte keyingi mavsumda ham, "Yuve"ning poydevori kuchli ekani, tarkibiga urg‘u berib, eski qo‘shig‘ini davom ettirishi mumkin edi. Endi esa umuman tajribasiz murabbiyga titulni oldirib qo‘yishi, birinchi navbatda Kontening o‘zi uchun og‘riqli bo‘lishi katta ehtimol.

Ikkinchidan, Pirloning kelishi "A Seriya"ning musobaqa sifatidagi obro‘siga ham salbiy ta’sir qilib qo‘yishi mumkin. "Yuventus" 3 yilda 3 boshqa-boshqa murabbiy bilan, boz ustiga, bundan avval hatto yoshlar jamoasiga ham murabbiylik qilib ko‘rmagan Pirlo bilan ham Skudettoga ega chiqsa, "A Seriya"da chempionlik uchun raqobat umuman yo‘q, demak, intrigasiz musobaqa, degan xulosa chiqarishga asos bo‘ladi. Bu o‘z navbatida Italiya chempionatiga neytral muxlis e’tiborini jalb qilishni yana ham qiyinlashtiradi.

Uchinchidan, "Roma", "Fiorentina" kabi yangi sohiblari bilan yangi marralarga ko‘z tikmoqchi bo‘lib turgan klublarga, aksincha, biroz foyda bo‘ldi. Endi Maks Allegri yoki Maurisio Pochchetino Turindan qo‘ng‘iroq qilishlariga umid qilishmaydi va yuqorida aytilgan klublardan biri taklif qilsa, rozi bo‘lishi ehtimoli oshdi. Mana bugun "Roma" Pochchetinoga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo‘la boshladi.

Ko‘ramiz. Kelasi mavsum Italiyada ancha qiziq bo‘ladiganga o‘xshab qoldi.

La Beneamata telegram-kanali.

Manba: https://t.me/beneamatauz
Kiritildi: 22:15, 09.08.2020.
O'qildi: 5712 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.