Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi jamoaning yaqin vaqtdagi mashg‘ulotlarini jarohat sababli o‘tkazib yuboradi, deya xabar tarqatmoqda COPE portali.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi YECHLning 1/8 final doirasida "Napoli" klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda jarohat olgandi.
"Barselona" "Bavariya" klubiga qarshi 14 avgust kuni maydonga tushadi va ushbu uchrashuvgacha Messi maydonga qaytadi.