Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

“Lokomotiv”ni transfer oynasining birinchi kunida uch nafar futbolchi tark etdi

“Lokomotiv”ni transfer oynasining birinchi kunida uch nafar futbolchi tark etdi

Baho:
+ | -

Tajribali posbon Ignatiy Nesterov “temiryo‘lchilar” tarkibiga 2014 yil kelib qo‘shilgandi. U dastlabki besh mavsum jamoamiz sharafini himoya qilib uch bor o‘zbekiston chempioni, uch bor o‘zbekiston Kubogi sohibi, bir marta o‘zbekiston Superkubogi sohibi kabi sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 2016 yil jamoamizning Osiyo chempionlar ligasi chorak finalga qadar borishida munosib hissa qo‘shdi.

o‘tgan yilning maʼlum bir qismini Saudiya Arabistonining “Ohod” klubida o‘tkazgan Nesterov shundan so‘ng yana “Loko”ga qaytib Superliga oxirgi beshta turida “temiryoʻlchilar” darvozasini himoya qildi. Nesterov bu yilgi mavsumni ham “Loko” safida boshladi va jamoa sardori sifatida futbolchilarni maydonga boshlab chiqdi. Lekin yozgi transfer oynasi payti u jamoa almashtirishga qaror qildi va bu niyatini “Lokomotiv” PFK rahbariyati darvozabon xohish-istagidan kelib chiqqan holda qo‘llab-quvvatladi. Natijada har ikki tomon roziligi bilan Ignatiy Nesterov shartnomasi bekor qilinib, mohir darvozabon erkin agent sifatida jamoamizni tark etdi.

Tajribali himoyachi Davron Hoshimov ham “Lokomotiv” bilan xayrlashdi. Bir yarim mavsum klubimiz sharafini himoya qilgan Hoshimov “Loko”ning o‘tgan yil o‘zbekiston chempionatida kumush medallarni qo‘lga kiritishida munosib hissa qo‘shdi. Shuningdek, yil boshida jamoamizga qo‘shilgan tajribali yarim himoyachi Oybek Qilichev ham “temiryoʻlchilar”ni tark etdi. “Lokomotiv” PFK har uchala futbolchiga klub oldidagi xizmatlari uchun minnatdorchilik bildiradi hamda ularning keyingi faoliyatida omad tilaydi.

Manba: ФК "Локомотив"
Kiritildi: 16:23, 10.08.2020.
O'qildi: 8151 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик