Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Rasman. Sancho ushbu mavsumni «Borussiya»da o‘tkazadi

Rasman. Sancho ushbu mavsumni «Borussiya»da o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi sport direktori Mixael Sork jamoa yarim himoyachisi Jeydon Sancho yozgi transfer paytida klubdan ketmasligini ma’lum qildi.

«Sancho kelayotgan mavsumni jamoamizda o‘tkazadi. Bu yakuniy qaror. Biz uning o‘tgan yilgi natijalaridan kelib chiqib maoshini ko‘tardik. O‘shanda uning shartnomasi 2023 yilga qadar uzaytirilgan edi», — dedi Sork klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

OAVda tarqatilgan xabarga ko‘ra, Sancho «Manchester Yunayted»ga o‘tishga yaqin turgandi. Mankunianliklar uning transferi uchun 100 mln yevro, futbolchining o‘ziga esa 17,6 mln yevro yillik maosh taklif etishgan edi. Ma’lumotlarga qaraganda, Sanchoning «Borussiya»dagi maoshi 6 mln yevroga teng.

20 yoshli Sancho 2017 yildan buyon «Borussiya» sharafini himoya qiladi. U dortmundliklar safida 99ta o‘yinda maydonga tushib, 34ta gol urdi va 43ta golga uzatma berdi. Jeydon Angliya terma jamoasi safida 11ta uchrashuv o‘tkazib, 2ta gol muallifiga aylangan.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 20:38, 10.08.2020.
O'qildi: 4321 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик