Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

Iyul oyining eng yaxshi darvozaboni «Qo‘qon-1912»ga qaytdi

Iyul oyining eng yaxshi darvozaboni «Qo‘qon-1912»ga qaytdi

Baho:
+ | -

Coca Cola superligasining navbatdagi tur uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Qo‘qon-1912” jamoasi tarkibida o‘zgarish ro‘y berdi.

Koronavirus pandemiyasi sabab anchagina cho‘zilib ketgan mavsumning o‘tgan 9 turini “Andijon” jamoasida ijara asosida o‘tkazgan darvozabon Islombek Abdullayev “shunqorlar” safiga qaytib keldi. Islombek mavsum boshida “Andijon” jamoasiga ijaraga berilgan edi. Yosh darvozabon o‘tgan turlar mobaynida andijonliklar safida juda yaxshi o‘yin namoyish qildi hamda jamoaning ko‘rsatgan natijalariga o‘zining munosib hissasini qo‘sha oldi.  O‘tgan iyul oyida Islombek Abdullayev “superliganing eng yaxshi darvozaboni” deb topilgani ham so‘zimizga isbot bo‘ladi.

Jamoa murabbiylar shtabi ijaradagi darvozabon Islombek Abdullayevni jamoaga qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilishdi. Islombek kecha jamoa shifokorlari nazorati ostida  koronavirusga test topshirdi hamda "shunqorlar"ning bugungi mashg‘ulotlarida faol ishtirok etdi.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 12:34, 11.08.2020.
O'qildi: 3359 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик