Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

«Bunyodkor» FK rahbariyatida o‘zgarish bo‘yicha rasmiy ma’lumot

«Bunyodkor» FK rahbariyatida o‘zgarish bo‘yicha rasmiy ma’lumot

Baho:
+ | -2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida «Bunyodkor» FK MCHJ ustav kapitalidagi «O‘zbekneftgaz» AJ, «O‘ztransgaz» AJ, «Gissarneftgaz» MCHJ, «Ko‘kdumaloqgaz» MCHJ QQ, «Neftgazmontaj» MCHJlarga tegishli ulushlar topshirish-qabul qilish dalolatnomalarga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilgan.

Shunga ko‘ra hamda ta’sischi o‘zgarishi munosabati bilan 2020 yil 7 avgustda «Bunyodkor» FK MCHJ yagona ta’sischisining qarori qabul qilindi.
 
«Bunyodkor» FK mas’uliyati cheklangan jamiyati yagona ta’sischisining 1-sonli
QARORI
 
2020 yil 7 avgust                                                                                      Toshkent shahri
 
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi «Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi Qonunning 37-moddasiga asosan quyidagi masalalar yuzasidan qabul qilindi:
 
1. «Bunyodkor» FK MCHJning direktorini lavozimidan ozod etish to‘g‘risida.
2. «Bunyodkor» FK MCHJga direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlash to‘g‘risida.
3. «Bunyodkor» FK MCHJning yangi tahrirdagi ta’sis hujjatlarini tasdiqlash.
 
Kun tartibidagi birinchi va ikkinchi masalalar yuzasidan:
O‘zbekiston Respublikasi «Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi Qonunning 30-moddasiga asosan jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish jamiyat ishtirokchilarini umumiy yig‘ilishini mutlaq vakolatlari jumlasiga kirishi belgilangan.
 
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-4112-son qaroriga muvofiq xo‘jalik jamiyatlarining ijro organi (rahbar va rahbar o‘rinbosarlari) tanlov asosida yuqori malakali, shu jumladan xorijiy mutaxassislar orasidan tanlab olinishi belgilangan. 
 
Kun tartibidagi birinchi va ikkinchi masalalar yuzasidan quyidagicha qaror qabul qilindi:
1. «Bunyodkor» FK mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Mirzayev Ulug‘bek Abdusattorovich bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2020 yil 10 avgustdan bekor qilinsin.
 
2. «Bunyodkor» FK MCHJda tijorat direktori va lisenziyalash bo‘yicha menejer lavozimida ishlab kelayotgan Ayniddin Giyasov Kutpiddinovichga «Bunyodkor» FK MCHJning direktori vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilsin.
 
O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat aktivlarini boshqarish 
agentligi direktori                                                            S.Bekenov
Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 13:55, 11.08.2020.
O'qildi: 4211 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик