Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

O'zbekiston U19 Osiyo chempionatini o'tkazishga yuqori darajada tayyorgarlikni davom ettirmoqda

O'zbekiston U19 Osiyo chempionatini o'tkazishga yuqori darajada tayyorgarlikni davom ettirmoqda

Baho:
+-1 | -

2020-yilgi U19 Osiyo chempionatini yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish bo'yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi (№365-f, 12.08.2020) chiqarildi.

Farmoyishga binoan Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligida tashkiliy qo‘mita tarkibi tuzildi.

Shuningdek, yurtimiz mezbonlik qiladigan musobaqaga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bilan bog'liq xarajatlar smetasi tasdiqlandi.

Osiyo chempionati o'tkaziladigan joylarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga mos bo'lishi, ishtirokchilarga yuqori saviyada tibbiy xizmatlar ko'rsatilishi, mehmonxonalar va o'yingohlar zarur tibbiy anjomlar, dori vositalari hamda tez yordam avtomashinalari navbatchiligi tashkil etilishi O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan ta'minlanadi.

Xorijiy davlatlardan tashrif buyuradigan ishtirokchilar hamda mexmonlarni kuzatib borish uchun chet tillarini mukammal biladigan ko‘ngilli talabalar jalb etiladi.

"Uzbekistan Airports" AJ O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi buyurtmasiga muvofiq tegishli xalqaro aeroportlarda musobaqa ishtirokchilari hamda mexmonlarini belgilangan tartibda kutib olinishi va kuzatilishini tashkil etadi.

O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O'zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga mazkur musobaqani OAVda keng yoritish, maqolalar chop etish, Internet jahon axborot tarmog'iga kiritish hamda teleradiokanallarda reklama roliklarini joylashtirish va mavjud texnika vositalari orqali xalqaro talablarga mos ravishda translyatsiya qilish tavsiya etiladi.

Ma'lumot o'rnida, U19 Osiyo chempionati 14-31 oktyabr kunlari Toshkent shahri, Toshkent va Namangan viloyatlarida bo'lib o'tadi.

Timur Kapadze boshchiligidagi terma jamoamiz Eron, Indoneziya va Kambodja bilan ushbu musobaqaning "A" guruhidan o'rin olgan.

Mazkur turnirning yarim finaliga yetib borgan jamoalar 2021-yilgi U20 Jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:55, 13.08.2020.
O'qildi: 4589 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.