Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Matteus, Myuler, Noyer, Suares va boshqalar “8:2” haqida qanday fikrda?

Matteus, Myuler, Noyer, Suares va boshqalar “8:2” haqida qanday fikrda?

Baho:
+1 | -

Stadion.uz tunda bo‘lib o‘tgan tarixiy uchrashuv haqida bildirilgan eng qaynoq intervyularni e’tiboringizga havola etadi.

Luis Suares Miramontes (“Barselona”ning sobiq futblchisi)

“Bavariya” singari kuchli klubga qarshi intensiv futbol ko‘rsatmaslikning iloji yo‘q. Boz ustiga, “Barsa” agressiyasiz to‘p tepdi. Eng achinarlisi shundaki, Kike markaziy hujumchining o‘rniga markaziy yarim himoyachini maydonga tashladi. U qanday qilib markazda pressing hosil qilishda yordam bersin? Ahir hujumchi sifatida maydonga tushgan bo‘lsa.

Bu yerda, bolakayni (Leo Messi nazarda tutilmoqda) ayblash noo‘rin. Sababi, bunday vaziyatda uning bir o‘zi hech narsa qila olmas edi. Achinarlisi shundaki, men Leoning nigohida olovni ko‘rdim. U ertaga Kataloniyada qiladigan ishi qolmaganini anglab ketib qolishi ham hech gap emas.

Lottar Matteus (Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi)

“Barselona” bilan sodir bo‘lgan voqeani tomosha qilish juda og‘ir. Sababi, bu klub uzoq yillardan beri meni ruhlantirib kelayotgan edi. Ko‘z oldimda o‘zim uchun na’muna sifatida tanlab olgan klubimni yanchib tashlashdi.

Ochig‘i, bu o‘yinda “Bavariya”ning fovorit ekanligini bilar edim, biroq bu darajada emas. Afsuski, 6 ta gol farqi jamoalarning klassidan darak bermoqda.

Endilikda, “Barselona” vaziyatdan chiqib ketishi uchun faqat murabbiyni almashtirish kifoya qilmaydi. Tarkibni yangi ijrochilar bilan kuchaytirish lozim. Afsuski, “Barselona” transferlar uchun millionlab sarf etishga ishongim kelmayapti. Ular bu ishni avvalroq ham uddalay olishmagan edi.

Tomas Myuller (Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi)

Buni tushuntirib berish juda mushkul. Jamoamiz ayni damda ajoyib formada. O‘yinning eng yaxshi futbolchisi uchun topshirilgan sovrin uchun rahmat, biroq bu sovg‘aga bugun jamoamizning 12-15 futbolchisi loyiq edi. Biz shu qadar intensiv futbol taklif etdik-ki, bizni mag‘lub etishning imkoni yo‘q edi.

Bugun esda qolarli darajda mazza qildik. Raqibimiz safida kimlar to‘p tepgani ahamiyatsiz. To‘g‘ri, “Barselona” buyuk klub, biroq aynan raqib "Barselona" bo‘lgani uchun ham yanada agressiv va yanada intensiv futbol namoyish etishga majbur bo‘ldik. Ayniqsa, hujum chizig‘imiz bugun fantastik o‘yin o‘tkazdi.

Biz o‘zimizni qanday his etayotganimiz haqida uzoq so‘zlashim mumkin, lekin oldinda yanada muhimroq vazifalar kutib turibdi. Asosiy vazifamiz hotirjamlik va keyinggi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish. Bugun yaxshilab uxlab olamiz, tongda barcha yaqinlarimiz bilan suhbatlashamiz. Biz bu yerga finalda g‘alaba qozonish uchun kelganmiz.

Yozua Kimmix

Bugun “Bavariya” “Barselona”ga qarshi shavqatsizlarcha harakat qildi. Natija esa, 8:2! To‘g‘risi, “Barsa”ni bunday hisobda mag‘lub etish mumkinligi hayolimizga ham kelmagan edi.

Shunday bo‘lsada, bugungi uchrashuvga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rganimiz haqida aytib o‘tishim lozim. Uchrashuv oldidan aniq reja bilan maydonga tushdik. Murabbiy bizdan faqat oldinga to‘p surishimizni talab qildi. Biz esa, bu ishni uddaladik. Biz ajoyib natija qayd etdik, biroq hali bu hammasi emas.

Manuel Noyer

Tan olish lozim, bugun “Bavariya” YECHLda kim fovorit ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. Ayniqsa, “Barselona” ustidan qozonilgan yirik g‘alaba bizga musobaqa fovoriti nomini topshirdi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Jamoadoshlarim o‘yinning birinchi daqiqasidanoq katta ishtiyoq bilan oldinga tashlanishdi. Birinchi bo‘lim yakunida hisob bizni to‘liq qanoatlantirdi, lekin harakatdan to‘xtab qolmadik. Bugun “Bavariya” futbolchilari shunchaki zavqlanish uchun to‘p tepdi desam, adashmagan bo‘laman.

Shunga qaramay, terma jamoadagi do‘stim Ter Shtegenning bunday ahvolda ko‘rish oson emas.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:35, 15.08.2020.
O'qildi: 13538 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик