Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

RPL. «Rostov» o‘z maydonida «Zenit»ga yutqazdi

RPL. «Rostov» o‘z maydonida «Zenit»ga yutqazdi

Baho:
+ | -

Rossiya chempionatining 2-turi doirasida «Rostov» o‘z uyida «Zenit»ni qabul qilib, imkoniyatni boy berdi.

Bahsning 23-daqiqasida mezbonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. Azmun tomonidan yo‘llangan zarbani darvozabon qaytardi, qaytgan to‘pni eronlik futbolchining o‘zi darvozaga joylab, hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Shomurodov hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Eldor bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi.

O‘yin tugashiga 12 daqiqa qolganida mehmonlar himoyachisi Yaroslav Rakiskiy ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Maydonda o‘n kishi bo‘lib qolgan sankt-peterburgliklar o‘yin tugashiga 3 daqiqa qolganida ikkinchi golni urishga muvaffaq bo‘lishdi. Jarimadan yetkazilgan uzatmani Deyan Lovren bosh bilan darvozaga burib yubordi.

Eldor Shomurodov esa 85-daqiqada zaxiraga olingan edi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Zenit" 6 ochko bilan peshqadamga aylangan bo‘lsa, "Rostov" 3 ochko bilan jadval o‘rtalarida bormoqda.

Rossiya chempionati, 2-tur
Rostov – Zenit 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 23 Azmun, 0:2 – 87 Lovren.
Rostov – Pesyakov, Osipenko, Kozlov (Bayramyan, 85), Chernov, Xadjikadunich, Ionov, Zaynutdinov, Normann, Popov (Eremenko, 74), Mamayev (Xasimoto, 74), Shomurodov (Toshevski, 85).
Zenit – Kerjakov, Duglas Santos, Rakiskiy, Karavayev, Lovren, Ozdoyev, Barrios, Malkom (Proxin, 80), Rigoni (Eroxin, 73), Driussi (Krugovoy, 73), Azmun (Mostovoy, 85).
Ogohlantirishlar: Malkom (1), Normann (3), Chernov (23), Rakiskiy (55), Azmun (70), Barrios (90).
Chetlatish: Rakiskiy (78).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:39, 16.08.2020.
O'qildi: 2809 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик