Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Tandem

Tandem

Baho:
+ | -

Tunda “Inter” - “Shaxtyor” o‘yini bor. Lekin, hozir bu haqda yozmoqchi emasman. Kechroq kichik anons qilishga harakat qilaman, albatta. Hozir yozmoqchi bo‘lganim, bugun sharhda sherigim bo‘ladigan Muhammadali Muhammadkarimov haqidagi qisqa fikrlar.

Juda ko‘p desam mubolag‘a bo‘lar, ammo, haftada ikki-uch marotaba umuman begona odamlar Futbol TVga ishga kirish, sharhlovchi bo‘lish istagida yozishadi menga. Aksari samimiy fikrlar. Ammo, orasida ishga joylashish uchun biror manfaat taklif qiluvchilari ham bor. Masalan, tunov kuni birisi – “aka, ishga kirishimga yordam bervorsez, sizga atagan sovg‘am bor”, - deb qoldi. Kayfiyatim yo‘qmidi, xullas tutoqib ketdim. Undan avvalgi – “Sizlardan yaxshi yetkazib bera olaman fikrlarimni, studiyada bunday dediz, o‘zi undaymas, bunday” – kabi gaplariga sabr qilayotgandim, tabiiy. Ammo bunisi o‘tib tushdi. Aytdimki, “manzilda adashayapsiz, bu telekanal Siz avval ishlagan yoki tasavvur qilgan joy emas. Tanish-bilish, qandaydir soyadagi manfaatlar ustiga qurilmagan bu tizim”.

O‘z misolimda gapirishim noqulay. Muhammadali haqida esa yozsam bo‘lar. U maqsad sari tinimsiz va sidqidildan intilishning men ko‘rgan eng yorqin hayotiy namunasi. Sharhlovchi bo‘lish orzusidagi yoshlar ko‘p. Ular orasida o‘ta iste’dodlilari ham borligiga ishonaman. Ammo, aksarlar bu ishni shunchaki qorong‘u xonaga kirib, quloqchinni taqib, ko‘rganini gapirish deb tushunadi. Men so‘z yuritayotgan yosh yigit esa ofisda uxlab qolar darajada mehnat qildi. Futbol TVning telegram kanali o‘z yo‘nalishidagi eng yirigi bo‘lishida asosiy ishni bajardi. O‘z ustida ishladi. Xatolaridan uyalmadi, ular bilan yuzma-yuz turib, bitta-bitta to‘g‘rilab bordi va boryapti. Ba’zida o‘ta charchagan va umidsizlanganda to‘xtagisi kelgan vaqtlari ham bo‘ldi. Biroq, kuch topib kurashdi. “UzReport” AA esa chin dildan mehnat qilganlarni qadrlaydigan manzil. Yakunda sharh kabinasigacha yetib bora oldi.

Unda men havas qiladigan nuqtalar ko‘p. O‘z ustida ishlashda to‘xtab qolmasa ko‘p narsaga erishadi. Bugun u bilan tandemda ishlaymiz. Eng yosh futbol sharhlovchisi nomini mendan olib qo‘ygan ukam – Muhammadali bilan!

Kuzatingchi, qanday bo‘larkan?

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 21:35, 17.08.2020.
O'qildi: 3029 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.