Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Andrey Fyodorov: «Jarimadan urilgan gol esa barchasini o‘zgartirib yubordi»

Andrey Fyodorov: «Jarimadan urilgan gol esa barchasini o‘zgartirib yubordi»

Baho:
+ | -

Superliganing 10-turi doirasida AGMKga (3:1) qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida «Lokomotiv» bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— O‘yin haqida gapirish qiyin. Ikki xil taymning guvohi bo‘ldik. Birinchi bo‘limda futbolchilar murabbiylar yuklagan ko‘rsatmalarni bajara olishdi. Ikkinchi bo‘limda jarimadan urilgan gol esa barchasini o‘zgartirib yubordi. Golda o‘zimiz aybdormiz. Shuning ortidan tashabbus AGMK tomoniga o‘tib ketdi. O‘zgarishlar orqali o‘yinni kuchaytirishni niyat qilgandik. Biroq bu umumiy holatni yomonlashtirib yubordi. Bizdagi eng katta muammo — tarkib. Kasallangan, jarohatdagilar ko‘p. Shuningdek, asosiy futbolchilarimiz ham jamoani tark etishdi. Iloji boricha tezroq qaytishga harakat qilamiz.

— Ignatiy Nesterovning ketishi haqida gapirsangiz. Bu uning qarorimi yoki klubning?
— O‘zining qarori. Umuman olganda futbolchining jamoasini o‘zgartirish futboldagi oddiy holat. U «Lokomotiv» uchun ko‘p narsalar berdi va ketishga qaror qildi. Qarorni hurmat qilamiz. Uning ketishi bizga unchalik ta’sir qilmasa kerak. Kayfiyat unchalik yaxshi emas. Yigitlar kambek qilishga qiynalishmoqda. Bu borada ham ishlaymiz.

— Klub aktivlarini agentlik sotib olganini eshitdik. Bir necha klub bir agentlikning ixtiyorida bo‘lishi OFK qaroriga zid. Umuman olganda klub hususiylashmoqda. Bunga fikrlaringiz.
— Klubning xususiylashishi juda yaxshi holat. Bunga roziman. Shu orqali klublarni ham kuchaytirish mumkin.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 21:50, 17.08.2020.
O'qildi: 1667 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.