Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Davron Fayziyevdan anons: «Muvaffaqiyat uchun 11 yil»

Davron Fayziyevdan anons: «Muvaffaqiyat uchun 11 yil»

Baho:
+ | -

2009 yilning 19 may kuni "Leypsig" klubiga asos solindi. Mutlaqo noldan. Albatta, katta mablag‘ investisiya qilindi. Bu borada Red Bull kompaniyasi va uning rahbari Ditrix Mateshis katta tajribaga ega. Avval u bir necha klubni sotib olib, qisqa muddat ichida o‘z chempionatida titullar uchun kurashadigan darajaga olib chiqdi. Shuningdek, Formula-1 poygalarida ham aynan u Red Bull jamoasini chempion qildi. "Leypsig" ham shu yo‘lni bosib o‘tmoqda.

2013 yilga kelib "Leypsig" 3-ligaga chiqdi. 2014 yilda 2-Bundesliga yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. 2016 yilda esa Bundesligada ishtirokini boshladi. Ana shunda klubga super talant murabbiy Yulian Nagelsman "Xoffenxaym"dan taklif etildi.

Birinchi mavsumning o‘zida Bundesligada 2-o‘rin va Chempionlar ligasi yo‘llanmasi qo‘lga kiritildi. 2019 yilda "Leypsig" Germaniya kubogi finaliga chiqdi va "Bavariya"ga yutqazib qo‘ydi.
 
2020 yil. 11 yil ichida. "Leypsig". Chempionlar ligasi. YARIM FINALIDA. Vau. Ditrix Mateshis chin ma’noda sport menejmenti daholaridan.

Bugun bo‘lib o‘tadigan yarim finalda "Leypsig"ga qarshi Mbappe, Neymar, Di Mariya, Navas, Silva kabi super yulduzlardan iborat "PSJ" maydonga tushadi. Eng qizig‘i, bu qarama-qarshilikda "PSJ" yaqqol favorit emas. O‘ylaymanki, endi bu muvaffaqiyatini ham "Lester"da bo‘lgani kabi “"Leypsig" ertagi” deb atasa bo‘ladi.

Ko‘raylikchi, bugun ertak baxtli yakun topadimi yoki "PSJ" millionlari nihoyat ish beradimi. Birgalikda tomosha qilamiz.
 
23:50 UZREPORT-TV Live
YECHL 1/2 final. "Leypsig" - "PSJ"

Davron Fayziyev.

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 15:37, 18.08.2020.
O'qildi: 4194 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик