O‘zPFL O‘zbekiston milliy termasining sentyabr oyidagi o‘yinlari uzil-kesil hal bo‘lishi hamda “Paxtakor” klubining Chempionlar ligasidagi ishtirokidan kelib chiqib, Coca Cola Superliganing sentyabr oyida o‘tadigan uchrashuvlari sanasiga aniqlik kiritib oldi.
O‘zbekiston milliy termasining Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi keyinroqqa qoldirildi. Ammo 3 sentyab kungi Tojikistonga qarshi bellashuv o‘z vaqtida o‘tadi. “Paxtakor” Chempionlar ligasi guruh bosqichini davom ettirish uchun Qatarga 10 sentyabr kuni yo‘l oladi.
Shundan kelib chiqib, “Paxtakor” safar o‘yiniga qadar rasmiy 3 ta uchrashuvda maydonga tushadi. Terma jamoaga “Navbahor” va “Paxtakor” klublaridan futbolchilar jalb qilinishi inobatga olinib, Terma jamoalar markazi “Navbahor” — “Paxtakor” uchrashuvini Tojikistonga qarshi o‘yindan keyin o‘tkazishni so‘radi. Qayd etish kerak, ikkinchi davra uchrashuvlari uy-safar tizimida davom etadi. So‘nggi 4 tur uchrashuvlari qanday tartibda o‘tishi keyinroq hal qilib olinadi.
1 sentyabr, seshanba
BUXORO — PAXTAKOR
5 sentyabr, shanba
NAVBAHOR — PAXTAKOR
8 sentyabr, seshanba
METALLURG — PAXTAKOR
“Paxtakor” xalqaro maydon uchun jo‘nab ketgach, qolgan klublar ketma-ket uch turda maydonga tushadi. Bunda har kuni 2 tadan uchrashuv o‘tkaziladi.
14-tur
10 sentyabr, payshanba
ANDIJON — LOKOMOTIV
NASAF — QIZILQUM
11 sentyabr, juma
SO‘G‘DIYONA — MASH’AL
BUXORO — QO‘QON-1912
12 sentyabr, shanba
BUNYODKOR — SURXON
METALLURG — AGMK
15-tur
15 sentyabr, seshanba
LOKOMOTIV — NAVBAHOR
ANDIJON — NASAF
16 sentyabr, chorshanba
MASH’AL — BUNYODKOR
QO‘QON-1912 — METALLURG
17 sentyabr, payshanba
AGMK — SO‘G‘DIYONA
SURXON — QIZILQUM
16-tur
20 sentyabr, yakshanba
NAVBAHOR — ANDIJON
BUXORO — LOKOMOTIV
21 sentyabr, dushanba
SO‘G‘DIYONA — QO‘QON-1912
NASAF — SURXON
22 sentyabr, seshanba
QIZILQUM — MASH’AL
BUNYODKOR — AGMK
Chempionlar ligasida guruh bosqichi o‘yinlari 23 sentyabr kuni yakuniga yetadi. Nimchorak final uchrashuvlari 26-27 sentyabrda, chorak final esa 30 sentyabrda bo‘lib o‘tadi. Shundan kelib chiqib, Toshkent klubining “So‘g‘diyona”ga qarshi kechishi kerak bo‘lgan 17-tur uchrashuvi oktyabr oyidagi FIFA kunlarida o‘tkazish rejalashtirilgan. “Paxtakor”ning OCHLdagi ishtirokidan kelib chiqib, bu holat o‘zgarishi mumkin.
17-tur
25 sentyabr, juma
ANDIJON — BUXORO
METALLURG — LOKOMOTIV
26 sentyabr, shanba
NAVBAHOR — NASAF
AGMK — QIZILQUM
27 sentyabr, yakshanba
QO‘QON-1912 — BUNYODKOR
MASH’AL — SURXON
9 oktyabr, juma
PAXTAKOR — SO‘G‘DIYONA
O‘zPFL milliy termaning oktyabr va noyabr oyidagi raqiblari aniq bo‘lishi, uchrashuvlarning qaysi shaharda o‘tishi, shuningdek, U-19 Osiyo chempionati sanasining o‘zgarishi yoki o‘zgarmasligiga qarab, oktyabr oyi taqvimini alohida e’lon qiladi. Ayni holatda Superliga va kubok uchrashuvlarini to‘liq formatda o‘tkazish imkoniyati saqlanib turibdi. Rejaga ko‘ra, futbol 20 dekabrga qadar davom etadi.
Izoh. Superliga uchrashuvlari sanasini aniqlab olish uchun vaqt kerak bo‘ldi. Shundan kelib chiqib, Pro liga, Birinchi liga va ayollar futboli taqvimini e’lon qilishning iloji bo‘lmadi. Tez orada Pro liga klublarining ham sentyabr oyidagi o‘yinlari masalasiga aniqlik kiritiladi.