Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Superliga. Nuraliyevning debyuti omadsiz chiqdi

Superliga. Nuraliyevning debyuti omadsiz chiqdi

Baho:
+ | -

Bir necha daqiqa oldin Olmaliq shahridagi "OKMK sport majmuasi"da Sosa Sola Superligasi 11-tur doirasidagi "Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Afsuski pandemiya tufayli futbol uchrashuvlari muxlislarsiz tashkil etilmoqda. Mazkur bahs oldidan stadion to‘liq dezinfeksiya qilindi.

Uchrashuv kutilganidek qo‘qonliklarning hujumlari bilan boshlandi. Ilk daqiqalardan hujumga zo‘r bergan qo‘qonliklar raqib darvozasi oldida bir qator vaziyatlarga ega bo‘lishdi. Ammo ulardan foydalana olishmadi.

30-daqiqada vodiyliklar hisobni ochishga yaqin kelishdi. Ajoyib kombinasiyadan so‘ng, Yakuba Bamba qulay imkoniyatni qo‘ldan boy berdi. 38-daqiqada "Qo‘qon-1912" jarima to‘pi tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Ro‘ziyevning uzatmasidan keyin Yosovichning boshi bilan bergan zarbasi birozgina noaniq bo‘ldi. Tanaffusga "Qo‘qon-1912" hisobni ochgan holda chiqib ketishi mumkin edi. 45-daqiqada "Loko" futbolchilari Berdiyevni o‘z jarima maydonchalari ichida qo‘pollik bilan to‘xtatib qolishdi. Hakam penaltiga ishora qildi. Filip Rayevasning o‘n bir metrli nuqtadan bergan zarbasini raqib posboni qaytarishga erishdi.

73-daqiqada "Qo‘qon-1912" yana bir bor hisobni ochishga yaqinlashishdi. Ushbu vaziyatda zaxiradan maydonga tushgan Norbekovning harakatlari evaziga Bambada yaxshi imkoniyat vujudga keldi. Biroq legioner futbolchining zarbasiga aniqlik yetishmadi. 75-daqiqada Temirxo‘ja Abduholiqov darvozamizni ishg‘ol etib, hisobni ochdi.

80-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Shohnazar Norbekov boshi bilan raqib darvozasini ishg‘ol etdi. 86-daqiqada Muhammadanas Hasanov jarima to‘pini golga aylantirdi va "Qo‘qon-1912"ni oldinga olib chiqdi.

Shu tariqa, “Qo‘qon-1912” jamoasi “Lokomotiv” bilan o‘yinlardagi qora an’anaga barham berdi.
 
Sosa Sola Superligasi
11-tur
"Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912" – 1:2 (0:0)
Hakamlar: Jasur Muxtorov, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylavov, Abdurashid Xudoyberganov.
Nazoratchi: Dmitriy Roman.
Komissar: Ahmed Tillayev.
Gollar: Temirxo‘ja Abduxoliqov (75). - Shohnazar Norbekov (80), Muhammadanas Hasanov (86).
Amalga oshirilmagan penalti: Filip Rayevas (45).
"Lokomotiv": 35. Javohir Ilyosov, 4. Shahzod Shaymanov, 7. Kaxi Maxaradze, 8. Vadim Afonin (6. Davron Umirov – 64), 11. Temurxo‘ja Abduxoliqov, 19.  Avazbek O‘lmasaliyev (9. Kirill Pogrebnyak – 85), 25. Javohir Alijonov (10. Marat Bikmayev – 76), 28. Shuhrat Muhammadiyev, 37. Sherzod Fayziyev, 77. Diyor Turopov, 80. Farruh Ibrohimov.
“Qo‘qon-1912”: 1. Botirali Ergashev, 5. Jasur Yoqubov, 9. Suhrob Berdiyev (13. Sardor Azimov – 90), 10. Quvondiq Ro‘ziyev (7. Shohnazar Norbekov – 70), 14. Avaz Mamatxo‘jayev, 15. Oybek Rustamov, 22. Muhammadanas Hasanov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 33. Ivan Yosovich, 69. Filip Rayevas (19. Hamidullo Abduhamidov – 60, 4. Sobit Sindarov - 90), 91. Yakuba Bamba.

Kiritildi: 20:38, 21.08.2020.
O'qildi: 2790 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.