Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

No‘’mon Hasanov «Navbahor»da ish boshladi

No‘’mon Hasanov «Navbahor»da ish boshladi

Baho:
+ | -

Tajribali mutaxassis No‘’mon Hasanov Navbahor”ning Andrey Kanchelskis boshchiligidagi murabbiylar shtabida ish boshladi.

Mazkur mutaxassis 1971 yilning 10 fevralida Qo‘qonda tug‘ilgan.

Yarim himoya chizig‘ida o‘ynagan. Futbolchilik faoliyati davomida “Avtomobilist” (Qo‘qon, 1989 – 1990 yillar), “Paxtakor” (Toshkent, 1990-1994 yillar), MHSK (Toshkent, 1995-1997 yillar), “Rubin” (Qozon, Rossiya, 1998 yil), “Do‘stlik” (Toshkent viloyati, 1999-2000, 2002-2003  yillar), “Nasaf” (Qarshi, 2001-2002 yillar), “Qo‘qon-1912” (2003 yil), “Traktor” (Toshkent, 2004-2005, 2007 yillar), “Sho‘rtan” (G‘uzor, 2006  yil), “So‘g‘diyona” (Jizzax, 2008 yil ) va “Lokomotiv” (Toshkent, 2009 yil) jamoalarida to‘p surgan.

Futbolchilik faoliyatida “Paxtakor” (1992 yil), MHSK (1997 yil) va “Do‘stlik” (1999-2000 yillar) klublari safida O‘zbekiston chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan.

Shuningdek, “Paxtakor” (1993) hamda “Do‘stlik” (2000) jamoalari tarkibida O‘zbekiston kubogi sohibiga aylangan.

Bundan tashqari, 20 yillik futbolchilik faoliyati davomida raqiblar darvozasiga 125ta gol urib, Gennadiy Krasniskiy klubi a’zosiga aylangan.

1992-1997 yillar davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 23ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan.

No‘’mon Hasanov murabbiylik faoliyatini 2002 yili Toshkent viloyatining “Do‘stlik” jamoasida o‘ynovchi-murabbiy sifatida boshlab, ushbu klubni 2002-2003 yillarda boshqargan.

So‘ngra, “Paxtakor - 2” (Toshkent, 2012 yil), “Paxtakor” o‘rinbosarlar jamoasi (2013 yil), “Navbahor” (Namangan, 2013 yil), “Paxtakor” (Toshkent, 2015-2016 yillar), “Qo‘qon -1912” (Qo‘qon, 2016-2019 yillar) jamoalarida bosh murabbiy sifatida ish olib borgan.

Shuningdek, 2014 yilda “Paxtakor” murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan.   

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:41, 21.08.2020.
O'qildi: 4574 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.